Kuvayt sudi rossiyalik tadbirkor ayol Mariya Lazarevani qamoqdan ozod etiş haqidagi qarorni çiqardi. KGL Investment firmasi rahbari bölgan ayol amirlikda 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Ma'lum qilinişiça, Lazareva 65 mln dollar garov puli evaziga ozod qilingan. Mablağni kim tölab bergani ma'lum qilinmagan. Biroq ayolning işi yopilmagan, u iyun boşida davom ettiriladi.

Kuvayt huquq-tartiboti idoralari 2017 yilda rossiyalik ayol tomonidan logistik obektga möljallangan budjet pullarining sarflab yuborilişi yuzasidan tergov boşlaşgan.

Şuningdek, Lazarevaning mahalliy hamkasbi bölgan Said Daştiy ismli şaxs ham garov puli evaziga ozod qilingan. Unga tölangan pul 130 mln dollarni taşkil qilgan.