Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Ukrainadagi elchisi mojarodan keyin Kiyevdagi faoliyatini yakunlamoqda – OAV
AQShning Ukrainadagi elchisi Mari Yovanovich 20 may kuni Kiyevdagi faoliyatini yakunlamoqda. Bu haqda AQSh diplomatik doiralaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Zn.ua ukrain nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Yovanovich hozirda maslahatlashuvlar uchun shoshilinch tarzda Vashingtonga jo‘nab ketgan. 11 may kuni u Ukrainaga qaytishi kerak, 20 mayda esa Vashingtonga batamom qaytib ketadi. Bu haqda 6 may kuni elchixona xodimlari ogohlantirilgan. Yangi elchi tayinlanguncha uning vazifalarini vaqtinchalik ishonchli vakil bajarib turadi.
Yovanovich ushbu lavozimda 2016 yilda Jyeffri Payyett o‘rnini egallagandi.
Yovanovich joriy bahorda Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko go‘yoki elchi unga jinoiy ta'qib qilinmaslikni so‘ragan shaxslar ro‘yxatini berganini aytgandan keyin mojaro markazida qolgandi. Lutsenkoning aytishicha, u 2017 yilda elchi bilan uchrashganda, “jinoiy ishlar bo‘yicha o‘tayotgan bir qator aksilkorrupsiyachilar ismlarini keltirgan. Elchi bunga javoban jinoiy ta'qibga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, chunki bu aksilkorrupsiyachi faollarga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishini aytgan.
AQSh davlat departamentida Lutsenkoning so‘zlari “ochiqchasiga uydirma” deyilib, inkor etilgan. Keyinroq Ukraina bosh prokuraturasida “Yovanovich ro‘yxati” bo‘lmagani, uning tavsiyalari esa og‘zaki ko‘rinishda bo‘lgani aytilgan.
Mavzuga oid
10:05
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
16:47 / 02.07.2026