Şu kunlarda rus tiliga rasmiy til maqomini beriş töğrisidagi taklif çin ma'nodagi ziyolilarining nafsoniyatiga tegdi. Andijonda bölgan yöl-transport hodisasida qöli şikastlangani bois jarrohlik amaliyotini ötkazgan Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim voqeaga munosabatini bildirdi. U özbek tilini davlat tili qiliş uçun keçgan kuraşlarni yodga olar ekan, bu xalqimizning buyuk orzusi bölganini ta'kidladi.

Özbekistonda rus tiliga rasmiy til maqomini beriş kerak deb çiqqanlar jamiyatdagi tinçlikni, hamjihatlikni buzdi. Aqlga siğmaydigan, xalq irodasiga qarşi bu taklif, Rossiya taşqi işlar vaziri kelişi arafasida yozilişi, jamoat e'tiborini butkul boşqa özanga burib yubordi. Prezidentimiz yetakçiligida birlaşib, Vatanimizni obod qiliş yölidan borayotganlar orasida parokandalik kayfiyatini-da uyğotdi. Ikki davlatning - davlatlarimizning teng huquqli hamkorligiga köpçilikda şubha paydo qildi.  

Uşbu taklif yolğonga qurilgan bölib, röyxatdagilardan bir neçasi taklifdan bexabarligi va unga imzo çekmaganini aytmoqda. Röyxatdagi keksa balerina esa xorij radiosiga bergan intervyusida dorixonadan xarid qilgan dorisi haqidagi ma'lumotnoma özbekça yozilganidan jafo tortganini aytib nolibdi. Turgan-bitgani yolğon-ku. Şu paytgaça kim köribdi dori haqidagi ma'lumotnoma faqat özbek tilida yozilganini? Odamda vijdon bölsa sal uyalişi kerak. “Bizni odam qilgan rus...” degan gapi esa haqoratdan boşqa narsa emas! 

Ruslarga kelsak, ular Özbekistonda har doim emin-erkin hayot keçirgan. Tili, madaniyati heç qaçon tazyiqqa uçramagan. 

Özbek tilida gapirişni xohlamaydigan, şuning uçun rus tili rasmiy til bölişini istayotgan madaniyat, fan va san'at namoyondalari unvonidan “Özbekiston” sözini olib taşlaş kerak. Ana şunda adolatli iş böladi. Çunki ular özlarida şu yurtga, şu xalqqa daxldorlik hissini tuymayotir.        

Fursati yetgan ekan, meni ançadan buyon öylantirib yurgan bir-ikki masalani ham örtaga taşlasam. Şaharlarda bolasini rus maktabida öqitişni istovçilar köpayib boryapti. Bir kuni rus maktabida öqiydigan qöşnimizning qizidan şu kunlarda adabiyotdan qaysi asarni örganişayotganini sörasam, “Igor jangnomasi”ni, deb javob qildi. “Alpomiş”ni ötdilaringmi desam, yöq, deydi. 

Bu qanaqasi böldi? SSSR zamonida rus maktablari tub aholini ruslaştiriş uçun taşkil etilgandi. Anglabmi-anglamaymi, hozirgi rus maktablaridagi öqitiş yönalişi va maqsadi ham deyarli öşa yöldan boryapti. Biz avval rejamizni aniq belgilab olişimiz kerak – bizga öz tili, madaniyati va tarixini unutib, rus ğoyasiga xizmat qiladigan yoşlar kerakmi yoki milliy ruhda kamol topgan, rus tilini mukammal biluvçi yoşlar?! Rus maktablarida özbek tili va adabiyoti, Özbekiston tarixi çuqur öqitilişi kerak. Ular bitirayotganda özbek maktablari öquvçilari örgangan bilimlarni rus tili asosida puxta egallasin. Rus maktablari millat farzandlarining özligini yöqotişiga xizmat qilişi mumkin emas, balki şu vatanda yaşayotgan ruslar va rus tilini örganmoqçi bölgan boşqa millat vakillarini özbek fuqarosi örganişi zarur bölgan bilimlar bilan töyintirişi şart.