Keyingi vaqtlarda naşrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda bir neça marta boşqaruv sohasi vakillari öz qöli ostidagi xodimlariga (ayniqsa fermerlar) nisbatan haqoratli sözlar işlatayotgani holatlari yoritildi. Bunday voqealar oldin ham sodir bölganiga şubha yöq. Yurak yutib ovoza qilinmagan, xolos.  Afsuski, bu hozir ham davom etmoqda, hattoki döpposlaş, kaltaklaş holatlari ham uçrab turganiga nima deysiz? Vazir, ayrim tuman hokimlari qöl ostidagilariga qilayotgan muomalasini eşitib, bir savol tuğiladi: boşliqlarning quyuşqondan çiqişiga sabab nima? Haddan taşqari köp topşiriqlar doimiy asabbuzarliklarga olib kelayotgandir? Işlaş tizimini yölga qöyiş qiyin bölyaptimi yoki xodimlarni qörqitib boşqariş stereotipi haliyam öz kuçidami? Umuman olganda, rahbar şaxslar boşqaruv san'atidan qançalik xabardor? Işda yuqori samaradorlikka erişişdan taşqari xodimlar bilan döstona munosabat örnatiş uçun nimalar qilmoq lozim?

Boşqaruv psixologiyasi - alohida fan sohasi bölib, yönalişdagi muammolarni tadqiq qiladi. Fanning maqsadi xodimlarning özaro va rahbar bilan munosabatini örganişdir. Rahbarlik alohida mahorat talab qiluvçi könikma hisoblanadi. Har qanday bilimli, salohiyatli kadr boşqaruvçilikni eplab ketolmaydi. Jamoani yagona maqsad sari olib boruvçi rahbar şaxs namunali şaxsiy sifatlarga ham ega bölişi lozim. Xodim bilan munosabatda öta ehtiyotkorlik bilan yondaşiş muhimdir. Yuqorida keltirilgan misollarda rahbar şaxslar xodimlarga qilgan xatolari uçun haqorat işlatişgan. Psixologiya fanlari nomzodi, professori L.D. Stolyarenkoning «Boşqaruv psixologiyasi» kitobida aytilişiça, rahbar xodimining şaxsiyatini emas, faqat işini tanqid qilişi kerak. Bunda «buterbrod» (ikkita maqtov orasiga bitta tanqidni qöşib yuboriş) usulidan foydalaniş qöl keladi. Uşbu kitobda autogen menejmentning (öz-özini boşqariş) ahamiyati juda yuqoriligi ta'kidlanadi. Rahbar, eng avvalo, özini içkaridan turib isloh qilolsa, butun jamoani ortidan ergaştira oladi. Boşqaruvçilarga ulkan talablar qöyilayotgani rost. Bu borada har kimda turliça mulohaza bor. Fikrlar xilma-xilligini ta'minlaş uçun boşqaruv sohasidan yaxşigina xabardor bir neça ekspert bilan suhbatlaşdik.    

«Davlat xizmatçilarini moliyaviy qöllab quvvatlaşning özi yetarli emas»

SmartGov konsalting kompaniyasi ijroçi direktori Aziza Umarova:

«Fikrimça, davlat xizmatçilari faoliyatini takomillaştiriş eng katta islohotlardan biriga aylanişi kerak. Davlat xizmati töğrisidagi qonun qabul qilinişi borasida 2019 yilgi davlat dasturida batafsil yoritilgan. Özbekiston uçun davlat boşqaruvi töğrisidagi qonun neçoğlik ahamiyatli? Ötgan asr 90-yillar oxiri va 2000-yillar boşida Özbekiston va Turkmanistondan taşqari barça MDH davlatlarida bu böyiça tayanç huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Vakolatli organning taşkil etilişi va qonun qabul qilinişi davlat xizmatining huquqiy asosini ta'minlagan bölardi. Şuningdek, bu qonuniy işonçlilik, qonuniy javobgarlik, davlat xizmatining huquqiy prognozi prinsiplarini amalga oşirişga hissa qöşadi. Bu öz-özidan davlat xizmati faoliyati barqarorligini ta'minlaydi. Bu yerda har bir xizmatçi öz faoliyatini kim, qanday qilib va nima uçun baholanayotganini anglaydi».

«Professional davlat xizmati topşiriqni vaqtida sifatli bajaradigan malakali kadrlarni jalb etadigan meritokratiyani yaratişga qodir.  Masalan, davlat xizmatçisi vazifasi uçun bir qança sifatlarni (yetakçilik, analitik könikma, jamoada işlaş, özini tutişi va boşqalar) talab qiladigan markazlaşgan tanlov taşkil qilinişi lozim. Bundan taşqari, davlat xizmatçilari uçun yagona axloq normalarini işlab çiqiş lozim, iş vaqtida xodim va rahbar örtasidagi kelişmovçilikni hal qiladigan Ombudsman faoliyati yölga qöyilişi kerak. Ayni vaqtda moliya vazirligi Jahon banki bilan davlat xizmatçilarini moliyaviy jihatdan yanada qöllab-quvvatlaş böyiça iş olib boryapti. Bu muammoni töla yeçib berişi dargumon», deya qöşimça qildi Umarova.

«Bir vaqtda bir neça vazifaning bajarilişi osonroq topşiriqlarni ham murakkablaştiradi»

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi «Boşqaruv mahorati» kafedrasi dotsenti v.b. Lola Inoğomova:

«Rahbarning asosiy maqsadlaridan biri jamoani muvaffaqiyatli boşqarişdir. Rahbarning ham öziga yaraşa yutuq va kamçiliklari böladi, lekin bu kamçilik heç qaçon jamoaning faoliyatiga ta'sir qilmasligi, u rahbar bilan qöl ostidagi xodimning munosabati, iş faoliyatiga ta'sir qiladigan darajada bölmasligi kerak. Jamoada psixologik iqlimni şakllanişida rahbarning örni katta bölib, boşqaruv samaradorligini oşirişda rahbardan oqilona qaror qabul qiliş, işni reja asosida taşkil etiş, vazifalarni töğri taqsimlaşda undan katta mahorat talab etiladi.

Ba'zida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatida bir vaqtning özida bir neça topşiriq va vazifani bajarilişi işlar rejali taşkil etilmagani tufayli, oddiy vazifalarni bajarişda qiyinçiliklarni keltirib çiqarişga sabab bölmoqda.

Qonunçilik nima deydi?

Toşkent Davlat yuridik universiteti öqituvçisi Ötkirbek Xolmirzayevning  ta'kidlaşiça, şaxsning şa'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş ma'muriy (MJtKning 41-moddasi), agar u odobsizlik bilan va ma'muriy javobgarlikka tortilganidan keyin sodir etilsa jinoiy javobgarlikka asos böladi.

Haqorat qiliş jabrlanuvçini öz xizmat yoki fuqarolik burçini bajarişi munosabati bilan boğliq holda sodir etilganda töğridan-töğri jinoiy javobgarlikni keltirib çiqaradi (JKning 140-moddasi). Şuningdek, iş holatidan kelib çiqib, ayrim harakatlar boşqa moddalar bilan ham malakalanişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi «Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori (Qaror) bilan Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari tasdiqlangan.

Davlat rahbari yil davomida barça viloyatlarga taşrif buyuradi. Ötgan yili berilgan topşiriqlar ijrosi böyiça mas'ullarning hisoboti tinglanadi. E'tibor bersangiz, har bir taşrifda turli sabablar bilan rahbar şaxslar iş lavozimidan ozod qilinadi (ular orasidan heç bölmaganda bittasi hokim böladi). Jamoatçilik bu vaziyatga könikib ham ketdi.  Amaldorlar qönimsizligiga nima sabab bölyapti? Yangi talablarga javob berişolmayaptimi yoki tepadan buyruq kelişini kutib yaşaş dogmasini özgartiriş qiyinçilik tuğdiryaptimi? Balki, hokimlarning vakolat va majburiyatlarini çegaralab qöyiş kerakdir? Şunda iş hajmi qisqarib, sifat oşişiga erişiladi. Yana bir muhim masala ham bor: rahbar şaxslar psixologiyasi bilan jiddiy şuğullaniş kerak. Mansab kursisiga ötirgan ayrim boşliqlar öz lavozimini mas'uliyat, işonç deb emas, imkoniyat (korrupsiya uçun) deb qabul qiladi. Boşqaruvçi özini özgartira olsagina, ma'lum maqsadga erişiş imkoniyati paydo böladi. Muammo ildizi aniqlansa, uni bartaraf etiş yöllari ham topiladi.

Mavzu yuzasidan hokimlardan ham fikr olişga harakat qilindi. Ammo urinişlar samara bermadi. Bir neça hokimlarga murojaat qilindi. Hokimlarda vaqt tiğizligi yoki boşqa qator sabablar tufayli savollar javobsiz qoldi. Keltirilgan mulohazalarga ular ham öz munosabat va takliflarini taqdim etişsa, maqsadga muvofiq bölardi.

Muhabbat Ma'mirova