Tahririyatimizga telefon qönğiroği böldi va göşak ortida bir ayol yiğlay boşladi. U hozir Toşkentdaligini aytgandan söng uning yoniga yetib bordik. Oddiy, sodda kiyingan bir ayol. Bizni körib xursandçilikdan közlariga yoş oldi. Onani qiynayotgan dardini bilişga harakat qildik.

“Biz Buxoro viloyati Ğijduvon tumani Armiçan qişloğidan keldik. Farzandim Islom Hasanov hozir 3 yoşda. Yurak porogi bilan tuğilgan. 40 yoşimda farzandli böldim. Ikki qizim va bir mana şu öğlim bor. Ahvoli yomonlaşgandan söng Allohga tavakkal qilib, Toşkentga keldik. Köp joylarga olib bordim. Oxiri bir xususiy klinakada operatsiya qilamiz deyişdi. Bolamda qon bosimi yuqoriligi uçun tezroq operatsiya qilinişi zarur bölib, buning 40 million söm mablağ ketar ekan. Men yiqqan-terganlarim, qarindoş-uruğlardan olib 10 million pul bilan kelganman. Boşqa pulimiz yöq. Turmuş örtoğim oddiy işçi. Şuning uçun yordam söraşga majburman. Boşqa çoram qolmadi. Iltimos yordam beringlar. Bitta-yu bitta öğlimni hayotini saqlab qolayin. Sizlar uçun bir umr duodaman”,- deydi Islombekning onasi Dilfuza Islomova.

Video: Mover (tas-ix)

https://mover.uz/video/embed/NmMCf9Dm/

Video: Youtube

Azizlar, mana şunday uluğ oyda, saxovat va yaxşilik oyida bu oilaga yordam beraylik. 40 yil öğlini kutgan onaizorga dalda bölaylik. Kerak böladigan mablağ unça köp emas. Biz köpçilikmiz. “Oz-oz yiğilib daryo bölur” deganlaridek, imkoniyatimiz yetkuniça, qölimizdan kelguniça ham moddiy, ham ma'naviy kömak berib, duoda bölaylik. Zero rahmat oyidagi yaxşiklarimizni yaratgan öz dargohida qabul aylab, ajr-savoblarini köpaytirib berişini biz ham Allohdan sörab qolamiz, aziz va saxovatpeşa yurtdoşlar.

Telefon: +99891 975 32 36

Otasi Hamro Islomov nomiga oçilgan karta:

AGROBANK Klik/PayMe: 8600 0417 1545 9716

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topşirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul ötkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001