Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil devoni surxondaryolik tadbirkorning Jarqörğon tuman hokimligi va arxitektura xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bölib yozgilgan murojaatini örgandi.

Örganiş davomida Jarqörğon tuman Kakaydi qörğoni «Neftçilar» va «Bobur» mahallalarida 2018 yilda «Obod qişloq» davlat Dasturi asosida quriliş va ta'mirlaş işlari olib borilişi oqibatida tadbirkorlar egalik qilgan savdo dökonlari buzilgani aniqlangan.

«Jarqörğon tuman arxitektura va quriliş bölimining 2019 yil 4 may kuni bergan 93-sonli xatida keltirilgan ma'lumotlarga köra, hozirda buzilgan dökonlarning yer maydoniga teng miqdorda tomonlar kelişuviga köra Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-son qarori asosida savdo dökonlari quriş uçun yer maydonlari ajratilgan», deyiladi Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumani arxitektura va quriliş bölimiga yöllangan xatda.

Tadbirkorlar ham muammo hal qilib berilgani uçun tuşuntiriş xatlari yozib berişgan.

Eslatib ötamiz, şu yilning aprel oyi oxirida Kun.uz saytida «Jarqörğonda «Obod qişloq» dasturi amalga oşirilgaç, tadbirkorlar nimadan norozi bölişdi?» sarlavhali material e'lon qilingan, unda Kakaydi markazida bunyod etilayotgan masjid qurilişida yöl çetida barpo etilgan dökonlar buzilgani, yigirmadan ziyod tadbirkorga ular öz dökonlariga barça hujjatlarga ega bölişsa ham, şu paytgaça zararlar tölab berilmagani, yangi dökonlar quriş uçun yer ajratilmagani haqida bayon qilingandi.