29 oktabr kuni Toşkentda boks böyiça Özbekiston çempionati öz yakuniga yetdi.

23 oktabr kuni boşlangan turnirda mamlakatning eng kuçli boksçilari saralandi. Yarim final va final bellaşuvlarida sensatsion natijalar qayd etildi. Özbekiston terma jamoalari a'zolari Jasurbek Latipov (u oilaviy sabab tufayli turnirni davom ettira olmadi) va Mahmud Ğoipov (u Uluğbek Haqberdiyevni yenggan bölsada, raqib murabbiylari e'tirozidan keyin video qayta körib çiqilib, Ğoipovga texnik mağlubiyat yozildi) çorak finaldayoq turnirni tark etişdi.

Sanjar Tursunov yarimfinalda Jamşidjon Abdullayevga yutqazib qöydi.

Finalda esa terma jamoaning yana bir a'zosi Fanat Qahramonov Odiljon Aslonovga yengildi.

Taşkilotçilar bu yildan e'tiboran musobaqaning eng yaxşi boksçisiga Rufat Risqiyev sovrinini ta'sis etişgan edi. Ilk bor bunday sovringa mazkur çempionatda -60 kilogramm vazn toifasida tengsiz bölgan Abdumalik Xalakov sazovor böldi.

Hal qiluvçi bellaşuvlarda qayd etilgan natijalar:

-49 kg: Abrorbek Abdusalomov (Andijon) – Umarqul Ermatov (Jizzax)
-52 kg: Mironşoh Ibragimov (Buxoro) – Foziljon Abdumurodov (Jizzax)      -/+
-56 kg: Fazliddin Kattaqulov (Surxondaryo) – Oybek Jörayev (Toşkent viloyati)      2:3
-60 kg: Abdumalik Xalakov (Toşkent viloyati) – Sardor Muzaffarov (Toşkent viloyati)      5:0