24 aprel kuni final janglarida qatnaşgan özbekistonlik 5 sportçining 4 nafari bahslarni muvaffaqiyatli yakunladi.

-69 kg vazn toifasida iştirok etgan Bobousmon Baturov yarim finalda qozoğistonlik Aslanbek Şimbergenovga yutqazib (u finalda ham ğalaba qozondi) bronza medali bilan kifoyalandi.

Finalda Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Şahobiddin Zoirov (-52 kg) va Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) öz raqiblarini birin-ketin yengib, oltin medallarni qölga kiritişdi, Abdumalik Xalakov (-60 kg) esa rossiyalik Albert Batirgaziyevga yutqazib qöydi.

+91 kg vazn toifasi finalida Bahodir Jalolov musobaqa mezbonlaridan biri Ivan Veryasovni nokautga uçratib, turnirni yakunlab berdi.

Finalda qayd etilgan natijalar:

  • -49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Igor Tsaregorodsev (Rossiya) 4:1 (ğalaba)
  • -52 kg: Şahobiddin Zoirov – Mahmut Sabirxan (Qozoğiston) 5:0 (ğalaba)
  • -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Dmitriy Spivak (Rossiya) 5:0 (ğalaba)
  • -60 kg: Abdumalik Xalakov – Albert Batirgaziyev (Rossiya) 0:5 (mağlubiyat)
  • +91 kg: Bahodir Jalolov – Ivan Veryasov (Rossiya) (Bahodir ikkinçi raundda raqibini nokautga uçratdi)

Turnirda Özbekiston va Rossiya 4tadan oltin medal jamğarişdi, rossiyaliklarda kumuş köproq (6ta), Qozoğiston 2ta oltin medal bilan uçinçi böldi.