Jahon | 10:00 / 12.05.2019
7781
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Xitoyga savdo kelishuvini imzolashni cho‘zib o‘tirmaslikni tavsiya qildi 

Foto: EPA

Xitoy AQShga eksport qiladigan mahsulotlariga bojlar kiritilishining jiddiy oqibatlariga yo‘liqmaslik uchun savdo kelishuvini 2020 yildan keyin emas, balki hozir tuzishi kerak. Buni Xitoyga AQSh prezidenti Donald Tramp tavsiya qildi. 

Tramp tvitterda muzokaralar uning ikkinchi prezidentlik muddatida o‘tsa, unda Xitoy uchun kelishuv ancha yomon bo‘lishini, shu sababli xitoyliklar hoziroq harakat qilishlari oqilona bo‘lishini ta'kidlab o‘tgan.

Tramp Xitoy yaqinda o‘tgan muzokaralardagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin 2020 yilda AQShdagi prezident saylovlarida unga omad kulib boqib, demokratlar g‘olib bo‘lishiga umid qilayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

9-10 may kunlari Vashingtonda AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo ziddiyatlari bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi va kelishuvning imzolanishisiz yakunlandi. Vashington deyarli tayyor kelishuvning barbod bo‘lishida Xitoyni ayblagan.

Xitoy vakili AQSh Xitoy mahsulotlariga bojlar qiymatini oshirsa, unda Pekin javob choralari ko‘rishga majbur bo‘lishini ta'kidlagancha, Vashington bu masalada bosiqlik ko‘rsatishiga umid bildirgan.

Mavzuga oid