“Örikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegişli Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi suv böyida joylaşgan köçmas mulk obekti auksionga qöyilgan edi.
Dastlab, mazkur uy-joy majmuasining narxi 35 536 900 759,00 söm etib belgilangandi. Uşbu maşhur davlat köçmas mulk obekti endilikda 20 foiz arzonlaşgan narxda takroriy auksionga qöyildi. Demak, endi uning narxi 26 652 675 568,80 söm, deb yozmoqda ÖzA.
Uçtepa tumani, Sakkokiy köçasi, 3-a uydagi bino va inşoot. Umumiy maydoni 4,3000 ga, inşoot maydoni 20628 kv.m.

Eslatib ötamiz, avvalroq auksionda Dmitriy Limga tegişli bölgan şaxsiy kolleksiya uçun yiğilgan 3 ta tarixiy (antikvar) avtoulov qöyilgani xabar qilingan edi:

648 483 546 sömlik M-103 rusumli avtomobil;
527 593 963 söm körsatilgan BMW 511 rusumli avtomobil;
600 217 528 söm baholangan TRIUMPH rusumli avtomobil.















