“E-IJRO AUKSION” Elektron savdo maydonçasida narxi yarim milliard sömdan yuqori baholangan 3 ta avtomobil oçiq auksionga qöyildi. Auksion joriy yilning 19 aprel sanasida bölib ötişi belgilangan.
ÖzA’ning yozişiça, auksionga qöyilgan avtomobillar odatda şaxsiy kolleksiya uçun yiğiladigan tarixiy (antikvar) ulovlar sirasiga kiradi. Ular 648 483 546 sömlik M-103 rusumli avtomobil va narxi 527 593 963 söm körsatilgan BMW 511 hamda 600 217 528 söm baholanayotgan TRIUMPH rusumli avtomobillar oçiq auksionda sotilişi kutilmoqda.



Mazkur avtomobillar xatlangan mol-mulk bölib, işonçli manbalar ularning haqiqiy egasi sobiq “Örikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegişli ekani aytilmoqda.
Bundan oldin, Dmitriy Limga tegişli bölgan Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi suv böyida joylaşgan köçmas mulk obekti ham savdoga qöyilgani haqida ma'lumot berilgan edi.
















