Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘rikzor» bozori sobiq rahbarining antikvar mashinalari yarim milliard so‘mga savdoga qo‘yildi
“E-IJRO AUKSION” Elektron savdo maydonchasida narxi yarim milliard so‘mdan yuqori baholangan 3 ta avtomobil ochiq auksionga qo‘yildi. Auksion joriy yilning 19 aprel sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
O‘zA’ning yozishicha, auksionga qo‘yilgan avtomobillar odatda shaxsiy kolleksiya uchun yig‘iladigan tarixiy (antikvar) ulovlar sirasiga kiradi. Ular 648 483 546 so‘mlik M-103 rusumli avtomobil va narxi 527 593 963 so‘m ko‘rsatilgan BMW 511 hamda 600 217 528 so‘m baholanayotgan TRIUMPH rusumli avtomobillar ochiq auksionda sotilishi kutilmoqda.



Mazkur avtomobillar xatlangan mol-mulk bo‘lib, ishonchli manbalar ularning haqiqiy egasi sobiq “O‘rikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli ekani aytilmoqda.
Bundan oldin, Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv bo‘yida joylashgan ko‘chmas mulk obekti ham savdoga qo‘yilgani haqida ma'lumot berilgan edi.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:56 / 29.10.2025