13 may kuni 2018 yilning sentabr oyida öz xizmat xonasida 400 ming AQŞ dollari miqdorida pora olişda ayblanib qölga olingan Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov, Turizmni rivojlantiriş qömitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» korxonasining sobiq boş direktori Şohrux Malikov hamda vaqtinça işsiz bölgan Ölmas Muhamedsaidovga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlandi.
Sud majlisi boşida raislik qiluvçi tomonidan sudlanuvçilarga sönggi söz berildi.
«Hamma gaplar aytildi. Biz suddan adolatli qaror çiqarilişini söraymiz. Tajribangizga işonaman», dedi sobiq hokim.
Ölmas Muhamedsaidov esa pora olganini tan oldi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Sud tergovi jarayonida eşitdingiz. Öşa odamlardan pul olganman. Xato qilganman. Imkoniyat bersangiz öşa pullarni qaytarib berib oilam bağriga qaytsam. Yengilroq jazo berib imkoniyat berişingizni sörayman», dedi sudlanuvçi Muhamedsaidov.
«Menga qöyilgan ayblovlar tuhmat deb hisoblayman. Bölib ötgan işlar aytib ötildi. Adolatli hukm çiqarişi sörayman», deydi sudlanuvçi Malikov.
Sudlanuvçilarning oxirgi sözlarini tinglagandan söng, sud maslahatlaşiş uçun kirib ketdi. Ma'lum vaqt ötib, raislik qiluvçi sud hukmini e'lon qildi. Sud hukmining sanksiya qismi quyidagiça böldi:
«Baxtiyor Xasanoviç Abdusamatovning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 210-moddasining (pora oliş) 2-qismi «a» bandi (ta'magirlik yöli bilan) va 3-qismi «a» bandida (juda köp miqdorda) nazarda tutilgan jinoyatlar tarkibi bölmagani sababli reabilitatsiya qilinsin va Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismi bilan harakatdan tugatilsin. 205-moddasi (

















