Katta miqdorda pora olişda ayblangan Baxtiyor Abdusamatov sudda DXXning sobiq rahbarlarini aybladi
|04:09 / 02.05.2019166 1998 min
2018 yilning sentabr oyida Toşkent şahri Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov investorga joy taqdim etiş maqsadida 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olişda gumonlanib qölga olingandi.
Keyingi oylar davomida mazkur iş doirasida tergov işlari yakunlanib, sud jarayonlari boşlangandi. Jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida körib çiqilayotgandi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Sudlanuvçilar B. Abdusamatov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi («Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş»), 210-moddasi («pora oliş»), O‘. Muxamedsaidov Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi («firibgarlik»), 28-moddasi («jinoyat iştirokçilarining turlari») orqali 211-moddasi («pora beriş»), 212-moddasi («pora oliş-berişda vositaçilik qiliş») va Ş. Malikov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi («pora beriş»), 212-moddasi («pora oliş-berişda vositaçilik qiliş»)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi.
Bugun, 1 may kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida iş körilişi davom ettirildi. Sud jarayonida prokuror Sardor Ahmedov suddan Baxtiyor Abdusamatovga nisbatan qöyilgan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («pora oliş») aybini olib taşlaşni söradi. Biroq, Jinoyat kodeksining 205-moddasi («hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş») doirasida tegişli tartibda javobgarlikka tortilişini söradi.
Mavzuga oid
Şuningdek, sudlanuvçi O‘. Muxamedsaidovdan Jinoyat kodeksining 212-moddasi («pora oliş-berişda vositaçilik qiliş») böyiça ayblovni olib taşlab, qolgan moddalar böyiça aybdor deb topib, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilişni söradi.
Bundan taşqari, Ş. Malikovdan ham Jinoyat kodeksining 212-moddasi böyiça ayblovni olib taşlab, suddan boşqa moddalar doirasida aybdor deb topilişi va 11 yilga ozodlikdan mahrum etilişini söradi.
Şundan söng, sudlanuvçilarning advokatlari birma-bir sudda nutq sözladi.
Baxtiyor Abdusamatovning himoyaçisi Timur Rahmatullayevning aytişiça, himoyasidagi şaxsga nisbatan qözğatilgan jinoyat kodeksining tegişli moddalari yuzasidan jinoyat tarkibi yöq. Ya'ni, u Abdusamatov mutlaqo aybsizligini ta'kidladi.
Tergov organlari mazkur iş yuzasidan dalillarni töplaşda tegişli qonunçilikka amal qilişmagan. Öşa vaqtda tuman hokimi Baxtiyor Abdusamatov bir vaqtning özida tuman xalq deputatlari kengaşi deputati ham hisoblanar edi. Lekin noma'lum «operativ xodimlar» tomonidan 2018 yilning 6 sentabr sanasida jinoyat protsessual kodeksining 233-moddasi (immunitet huquqi) buzilgan holda Davlat xavfsizlik xizmatining tegişli bölimiga tergov uçun topşirilgan.
Şuningdek, ommaviy axborot vositalarida uni asossiz ravişda investorga joy taqdim etiş maqsadida 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olganlikda ayblaşgan. Bu notöğri va yolğon ma'lumot bölib çiqmoqda.
«Sud tergovi jarayonida dastlabki tergov organi tomonidan Baxtiyor Abdusamatov qölga olinganidan söng, sun'iy ravişda va notöğri yöllar bilan dalillar töplangani aniqlandi. Şu bilan birga, u uşlanganidan söng, hibsga oliş, hibsda uşlab turiş va boşqa protsessual normalar buzilgani öz tasdiğini topdi. Baxtiyor Abdusamatov hibsda bölgan çoğida «noma'lum xavfsizlik xodimlari» tumandagi tadbirkorlardan katta miqdordagi pora olganligiga oid şubhali ma'lumot bilan taniştirişadi. Xodimlar Baxtiyor Abdusamatovdan 600 ming AQŞ dollari miqdorida pul olib kelib berişi, keyin videotasmaga tavba qilişi tuşirilişi, video tegişli boşliqlarga körsatilgaç, uni qöyib yuborişlari va işini (hokimligini) davom ettirişi mumkinligini aytişgan. Şundan söng, sudlanuvçi yaqin qarindoşlari va tanişlariga moddiy tomondan yordam sörab aloqaga çiqadi. Bir neça uylar, avtomobillar garovga qöyilib, 7-10 sentabr sanalari orasida 400 ming AQŞ dollari yiğiladi. Davlat xavfsizlik xizmatining tegişli departamentiga olib kelib beriladi.
Bu vaqt oraliğida uning öziga va yaqin qarindoşlariga nisbatan yolğon ma'lumotlar yiğilgan hujjatlarni körsatib aybiga iqror bölişni söraşadi. 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi summa olib kelib berilgaç ham u qöyib yuborilmaydi va xavfsizlik xizmatining tergov hibsxonasiga jönatiladi. Tergov jarayonlarida tegişli dalillar, körsatmalar bir neça marta özgargani buning yorqin dalili. Sud tergovida Baxtiyor Abdusamatov 400 ming AQŞ dollari miqdorida pora olgani öz isbotini topmadi. Sun'iy ravişda ommaviy axborot vositalarida unga qarşi böhtonlar tarqatilişi ham bunga yaqqol misol», - dedi advokat.
Ma'lumotlarga köra, Baxtiyor Abdusamatov 6 sentabr kuni taxminan soat 19:00da qölga olingan bölsa, 4 kun ötgaç, 10 sentabr kuni şahar prokuraturasi taklifiga köra, şahar hokimining birinçi örinbosari ruxsati bilan deputatlik immunitet huquqidan mahrum etilgan.
Himoyaçi şuningdek, jinoyat protsessual kodeksining uşlab turiş asoslari, uşlaş çoğida immunitet huquqidan foydalanuvçi şaxslar, jinoyat işi qözğatilgunga qadar uşlab turiş tartibi, uşlab turiş bayonnomasini tuziş va uşlab turişning asosliligini tekşiriş va boşqa moddalari buzilganini ta'kidladi.
«B.Abdusamatovga nisbatan qöyilayotgan yana bir ayblov hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş yuzasidan ham aybsiz ekani va sud bunga oid ma'lumotlarni tekşirişi lozimligini söradi. Sudlanuvçiga qarşi körsatma bergan I.Alimov va boşqalar buni xohlaşmagani va kuçli bosim ostida bu işlarni qilişga majbur bölişganini tan olgan. Mazkur tadbirkorlar tomonidan tumandagi ijtimoiy hayot va infratuzilmani yaxşilaş uçun ixtiyoriy ravişda mablağ töplangan. Bu summa 2 milliard sömdan ortiqni taşkil etgan. Bu heç qanday şaxsiy ehtiyojlar uçun olinmagan va sarflanmagan», - dedi advokat.
U suddan garov evaziga olingan 400 ming AQŞ dollarini uning oilasiga qaytariş va avtomobillarga qöyilgan taqiqlarni yeçişini söradi. Tegişli protsessual moddalarga köra, uning işdan olinişi ham noqonuniy bölganini aytib ötdi.
«Fikrimça, kimdir soxta obro‘ orttiriş maqsadida mazkur işlarni ommaviy axborot vositalaridan foydalanib uyuştirgan. Bu işlarni Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbarlari, birinçi örinbosari J.Egamov, tegişli departament boşliqlari va boşqalar taşkillaştirişgan. Arizaçilar öz xohişi bilan ariza bermagan. Barçasi majburlangan. Qanday qilib tadbirkorlarga homiylik uçun pul berasan, keyin pora deb yozib berasan deyişlari mumkin? Yana oila a'zolari bilan qörqitib.
Prokuraturaga rahmat, pora beriş jinoyatini mendan olib taşlaşni sörab sudga iltimosnoma kiritdi. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş aybi böyiça gapiradigan bölsam, bu pullar kam ta'minlangan oilalarga quriliş materiallari sotib olişga, «Billur» MFY fuqarolari uçun asfaltga va boşqa xayrli işlarga sarflandi. Qandolat mahsulotlari yangi yilda kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga tarqatildi. Suddan barçasini hisobga olib adolatli qaror çiqarişini sörayman», - dedi Baxtiyor Abdusamatov.
Boşqa sudlanuvçilar O‘. Muxamedsaidov va Ş. Malikov suddan barça holatlarni hisobga olib adolatli qaror çiqarişini söradi.