Bugun, 14 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi mutasaddilari iştirokida «2019 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati» mavzusida brifing bölib ötdi.
Uşbu yiğilişda Kun.uz muxbiri tomonidan Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov işi böyiça savol berildi: «Sobiq hokimning ayblovi böyiça DXX xodimlariga jinoyat işi oçilganmi?».
«Abdusamatov işi yuzasidan sud öz hukmi bilan munosabatini berdi. Uyuştirilgani haqidagi gapni ikkinçi tomonlarning vaji sifatida qabul qiliş mumkin. Buning faktini hali isbotlaş kerak.
Abdusamatovga nisbatan 210-moddasi («pora oliş») jinoyati alomatlari isbotini topmay, ayblovdan çiqarildi. Sud tomonidan baho berilib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosi böyiça hukmning özi «uyuştirilgan» degan gapni istisno etadi.
Xususiy ajrim masalasiga kelsak, öşa pullarni qaytariş sudning vakolatiga kiradi. Buni prokuratura nazorat qilmaydi. Hujjat qaysi taşkilot tomonidan berilsa, öşa organ nazorat qiladi. Ya'ni, buning axborotini suddan söraş töğriroq böladi. Jinoyat işida kvalifikatsiya özgardi. Sud tomonidan pora oliş aybi çiqarib taşlangandan söng, pora predmeti sifatida aytilayotgan 400 ming AQŞ dollari oila a'zolariga topşirildi», deya prokuratura xodimlarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

1 may kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Yunusobod tumanining sobiq hokimi v.b. Baxtiyor Abdusamatov işi böyiça sud majlisi bölib ötgandi.
Dastlab Baxtiyor Abdusamatov Özbekiston Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş) va 210-moddasida (pora oliş) közda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi. Biroq Toşkent prokurori yordamçisi Sardor Ahmedov pora oliş töğrisidagi ayblovni bekor qiliş töğrisida da'vo kiritgan va undan bu modda olib taşlangandi.
Baxtiyor Abdusamatov özining qölga olinişi DXXning sobiq rahbarlari tomonidan uyuştirilganini taxmin qilgandi.
«Bir narsani aytişni xohlayman. Jinoyat işi qözğatilişidan boşlab sakkiz oy davom etgan turli harakatlar, ayniqsa tergov harakatlarigaça, — bularning barçasi «korrupsion sensatsiya» uçun qasddan Davlat xavfsizlik xizmatining ayrim sobiq rahbarlari tomonidan amalga oşirildi. Bu mening taxminim», — degandi u.

















