Bugun, 17 aprel kuni, Toşkent şahar sudlari raislarining 2019 yilning 1-çoragida odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyati yakunlari yuzasidan brifingi bölib ötdi. Sud raislarining axboroti tinglanganidan söng, jamoatçilikni qiziqtirgan savollar yuzasidan savol-javoblar bölib ötdi. Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudining raisi Baxtiyor Islomov Yunusobod tumani sobiq hokimi, sudlanuvçi Baxtiyor Abdusamatov va boşqalar yuzasidan berilgan savollarga javob berib ötdi.
«Bu iş jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi tomonidan birinçi instansiya sudida körilmoqda. Mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov iş yurituvida.
Hozirda Baxtiyor Abdusamatov (Yunusobod tuman hokimi lavozimida işlagan), Ölmas Muxamedsaidov (vaqtinça işsiz) va Şoxrux Malikovlarga (Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş qömitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK boş direktori lavozimida işlagan) nisbatan dastlabki tergov organi tomonidan qöyilgan ayblovlar yuzasidan sud işi olib borilmoqda.
Ularga nisbatan pora oliş, mansab vakolatlarini suiiste'mol qiliş, firibgarlik, pora berişga qiziqtiriş va boşqa ayblovlar e'lon qilingan. Jinoyat işini köriş yanvar oyida boşlandi. Iş oçiq sud jarayonida olib borilmoqda. Heç qanday çeklovlar yöq. Ommaviy axborot vositalari bemalol qatnaşişi mumkin. Hozir sud tergovi davom etmoqda.
Lekin barça ommaviy axborot vositalari aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilişi kerak. Aybi sud tartibida isbotlanmagunça, şaxsni poraxör deb ataşga heç kimning haqqi yöq, u aybsiz hisoblanadi. Ba'zi ommaviy axborot vositalari aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmayapti. Ulardan qonunçilik bilan tanişib çiqişi va unga amal qilişini talab qilamiz», - dedi Baxtiyor Islomov.
Bundan oldin, Toşkentda Yunusobod tumani sobiq hokimi işi böyiça sud bölib ötayotgani xabar qilingandi.

















