Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasi rahbari Rustam Şoabdurahmonov Milliy olimpiya qömitasining yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
15 may kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining navbatdan taşqari Boş assambleyasi bölib ötdi.
Boş Assambleya işida Özbekiston Respublikasi Boş Vaziri Abdulla Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, Özbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi mutasaddilari, sport federatsiya va assotsiatsiyalarning rahbarlari, şuningdek, OAV vakillari iştirok etişdi.

Unda kun tartibidan quyidagi 2 masala örin oldi: şu davrgaça qömitaga rahbarlik qilgan Umid Ahmadjonovning öz xohişiga köra iste'foga çiqiş töğrisidagi arizasini körib çiqiş va uning örniga yangi rahbar saylaş.

Assambleya davomida sözga çiqar ekan, Abdulla Aripov Tokio Olimpiadasiga oz fursat qolgani va sportçilarimizni bölajak musobaqaga puxta tayyorlaş, işlarni yanada jadallaştiriş, Olimpiya öyinlariga imkon qadar köproq litsenziyalar qölga kiritiş böyiça mutasaddilarga kerakli körsatmalarni berdi.
Şundan söng, yiğiliş iştirokçilariga Milliy olimpiya qömitasi prezidentligiga Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borgan Rustam Mavzuroviç Şoabdurahmonov nomzodi taklif qilindi. Assambleya iştirokçilari bir ovozdan uşbu nomzodni qöllab quvvatlaşdi va Rustam Şoabdurahmonov MOQ prezidenti etib saylandi.
«Avvalombor, menga bildirilgan yuksak işonç uçun katta rahmat. Tuşunib turibman, zimmamda juda mas'uliyatli va muhim vazifa turibdi. Tokio Olimpiadasiga ham oz fursat qoldi. Yangi vazifamda bor kuç-ğayratimni işga solişga va'da beraman. Bu yölda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, barça federatsiyalar va assotsiatsiyalarni hamkorlikka va qöllab-quvvatlaşga çaqirib qolaman», – dedi Rustam Şoabdurahmonov.

Rustam Şoabdurahmonov 2018 yilning iyunida Prezident farmoniga binoan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Öta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş direksiyasi raisi etib tayinlangan edi. U ötgan yilning iyulida Özbekiston qiliçbozlik Federatsiyasiga ham rais bölgandi. Öz vaqtida Rustam Mavzuroviç Toşkent şahar hokimi lavozimida ham faoliyat yuritgan.

















