Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi raisi Rustam Şoabdurahmonov öz arizasiga binoan lavozimini tark etdi. Bu haqda qömita Ijroqömining 17 fevral kungi navbatdan taşqari yiğilişida ma’lum qilindi.
«Yiğilişda sözga çiqar ekan, R.Şobdurahmonov sönggi yillarda davlat rahbarining jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan ulkan e’tibori, sohada amalga oşirilayotgan keng kölamdagi islohotlar, yaratib berilayotgan şaroitlar, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlaş va soğlom turmuş tarzini tarğib qilişdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi va buning uçun muhtaram Prezidentimizga minnatdorçilik bildirdi.
Öz navbatida R.Şoabdurahmonovning arizasi Ijroqöm a’zolari tomonidan qabul qilindi», deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.
Milliy Olimpiya qömitasiga yangi rahbar MOQning navbatdan taşqari Boş Assambleyasi yiğilişida saylanadi.
Rustam Şoabdurahmonov 2019 yil mayida Umid Ahmadjonov örniga qömita raisi bölgandi. Bunga qadar esa Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilgan.
Rustam Şoabdurahmonov şuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta’mirlaş direksiyasiga rahbarlik qilgan. Öz vaqtida u Toşkent şahar hokimi lavozimida ham faoliyat yuritgan.
- Ma’lumot uçun, Özbekiston delegatsiyasi qişki Olimpiya öyinlarida muvaffaqiyatsiz iştirok etdi. Özbekistonning öyinlardagi yagona vakili Komiljon Töxtayev 16 fevral kuni toğ çanğisi sportining slalom yönalişidagi çiqişida xatoga yöl qöydi va uning natijasi hisobga olinmadi.

















