BAA çempionatida 25-tur öyinlari ötkazildi.

«Şarja» klubi öz maydonida «Al-Vahda» bilan öynadi va 3:2 hisobida ğalaba qozondi. Natijada, jamoa 56 oçko jamğarib, muddatidan oldin çempionlik unvonini qölga kiritdi. Bu jamoaning öz tarixidagi oltinçi unvonidir. 

Sönggi tur oldidan, 2-örinni egallab turgan «Şabab Al-Ahliy» klubida 53 oçko bor va yakunda jamoalarning körsatkiçlari tenglaşib qolişi ham mumkin. Ammo «Şarja» özaro öyinlarda ustunlikka ega.

Qayd qiliş joizki, «Şarja» tarkibida hamyurtimiz Otabek Şukurov ham çempion böldi. Ayni paytda u oğir jarohatini davolaş bilan maşğul. Şukurov bu mavsumda 17ta öyinda maydonga tuşib, 2ta gol urgan.

BAA çempionati, 25-tur
15 may

ŞARJA – AL-VAHDA 3:2

Gollar: Koronado (30, 57), Velliton (46) – Leonardo (40), Tagliabu (76)