Keça, 15 may kuni Toşkent şahri, Çilonzor tuman «Navröz» nikoh uyi binosida 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan, «Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir ötkazildi.
«Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi»ning navbatdagi maşğulotlari doirasida taşkil qilingan mazkur tadbirga oila qurganiga köp yillar bölgan va şu yillar içida ahil-inoqlikda hayot keçirib kelayotgan namunali oila vakillari, yoş oilalar, şuningdek, turmuş quriş arafasidagi yoşlar iştirok etdi.

Tadbirda tajribali oila vakillari hayotiy xulosalaridan kelib çiqib, yoşlarga öz maslahatlarini berişdi. Şuningdek, yoşlar özlarini qiziqtirgan savollari bilan ularga murojaat qilişdi.
«Bölğusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» darslari oila quriş arafasida turgan kelin-kuyovlar uçun haftada uç marta ötkazilmoqda.
Darslarda oilaviy munosabatlarning ma'naviy-axloqiy asoslari, oila iqtisodiyoti, rözğor va budjetini yuritiş, oiladagi ijtimoiy muhit, nikoh munosabatlari, soğlom turmuş tarzi, gender masalalari, oilaviy munosabatlarni uyğunlaştiriş va nizolarning oldini oliş, muloqot madaniyati, huquqiy munosabatlar, oilani idora etiş kabi masalalar yuzasidan mahorat darslari ötib borilmoqda.


Darslarni tugatgan yoşlarga esa «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining sertifikatlari topşiriladi», deydi tuman FHDYo bölimi mudirasi Sabohat Eşmanova Kun.uz bilan suhbatda.
Tuman FHDYo bölimi, Toşkent şahar «Navröz» nikoh uyi hamkorligida şu kunning özida Respublika 1-sonli tibbiyot kollejida ham ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ötkazildi. Unda kasb-hunar kolleji öquvçilari örtasida «Oilam - baxtim» şiori ostida rasmlar va sahna asarlari tanlovlari taşkil qilingan.

















