Xalqaro valuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori Kristin Lagard Özbekistonga keldi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda Moliya vazirligida boş vazir örinbosari, moliya vaziri Jamşid Qöçqorovning XVJ rahbari Kristin Lagard bilan uçraşuvi bölib ötmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25 aprel kuni Xitoyda Kristin Lagardni qabul qilgandi. Kristin Lagard Xalqaro valuta jamğarmasi kompleks iqtisodiy va tarkibiy yangilanişlarni amalga oşiriş jarayonida Özbekistonga zarur barça yordamni körsatişni davom ettirişga qat'iy intilişini ta'kidlagan.
«Siz Özbekiston aholisi farovonligi yölida amalga oşirayotgan keng kölamli islohotlarni öz közim bilan körmoqçiman», - degandi Kristin Lagard.












