15 may ─ Xalqaro oila kuni munosabati bilan Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi taşabbusi asosida respublika va xorijiy media vakillari uçun “Ommaviy axborot vositalarida oila mavzusini yoritişning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.

Konferensiyada iştirok etgan turli mahalliy va xalqaro taşkilot vakillari oila institutini mustahkamlaş, milliy qadriyatlarga asoslangan farovon turmuş tarzini tarğib qiliş, oilaviy munosabatlarni OAVda yoritişda etika qoidalariga rioya qiliş böyiça öz mulohazalarini bildirib, amaliy takliflar bilan çiqişdi. Oila masalasining yoritilişidagi muammo va kamçiliklar muhokama qilindi.

Dilorom Toşmuhammedova, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari, senator:

─ Oilada şaxsning faol fuqarolik pozitsiyasi şakllanadi. Oilaning muhiti bilan unda tarbiyalanayotgan şaxslarning kelajakda jamiyatda tutişi mumkin bölgan örnini belgilaş mumkin. Oilani nafaqat ijtimoiy, balki siyosiy, huquqiy institut sifatida baholagan holda yondaşiş lozim.

Akmal Saidov, Inson huquqlari böyiça milliy markaz rahbari, akademik:

─ Birlaşgan Millatlar Taşkilotning ma'lumotlariga köra, Yer kurrasida 7 milliarddan ziyod aholi bölsa, şularning 85 foizi oilalarda yaşaydi. Demakki, oila faqatgina bir kişiga yoki guruhga tegişli bölmagan, global masala. Uning farovonligi haqida butun jahon hamjamiyati qayğurişi kerak. Oilani himoya qilişning huquqiy asosini yaratiş oldimizda turgan muhim masala hisoblanadi. Bunga bir neça amaliy işlar orqali erişiş mumkin.

Xalqaro va mahalliy qonun hujjatlarining oilaga daxldor huquq va burçlarini nazarda tutuvçi qismlarini jamlab, alohida bibliografiya qiliş lozim. Şunda masalaning qaysi qismlari nazardan çetda qolayotgani, qonunning qaysi qismlari işlamayotgani körinadi.

Yangi oilalar bunyod bölayotganda nikoh şartnomasining ham tuzilişiga, keyinçalik unga har ikki tomonning qat'iy rioya qilişiga erişiş kerak. Biz hali odamlarni nikoh şartnomasiga tayyorlay olmayapmiz.

Köp jihatdan, xususan, qonuniy baza nuqtai nazaridan ham bir-biriga yaqin bölgan beşta Markaziy Osiyo davlatlarining oilaga taalluqli qonun hujjatlarini örganib, mukammal Oila kodeksi modelini işlab çiqiş kerak. Xalqaro hujjatlarning oila bilan boğliq barça bandlari mahalliy qonunçilikka implementatsiya qilinganmi, kodeksda belgilangan tartib va real holat bir-biriga muvofiqmi, örganişimiz zarur.