O‘zbekiston | 13:20 / 19.05.2019
11409
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi VDNX pavilonlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun beriladi

Foto: Wikipedia

Moskvadagi VDNX ko‘rgazmasi pavilonlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun beriladi, deb ma'lum qildi Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V forumida. Bu galgi forum Toshkentda o‘tkazilmoqda. Tadbirda 32 mamlakatdan 450 nafar delegat qatnashmoqda.

Vladimir Medinskiy

"Bu prezidentimiz Vladimir Putinning o‘ziga xos ramziy harakati hisoblanadi – ushbu pavilon mamlakatning eng yaxshi muvaffaqiyatlarini namoyish etish uchun O‘zbekiston Respublikasiga muddatsiz foydalanishga beriladi", - dedi Rossiya madaniyat vaziri.

Medinskiy o‘tgan asrning 50-yillarida VDNX hududida muhtasham "O‘zbekiston" paviloni barpo etilganini eslatib o‘tdi.

"Yaqin vaqt ichida u yer Moskvada sizlar bilan uchrashadigan joyimizga aylanadi deb umid qilaman", – deb qo‘shib qo‘ydi Medinskiy.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid