Toşkentda 19 may kuni MGIMO (Moskovskiy gosudarstvennyy institut mejdunarodnyx otnoşeniy) – Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti birituvçilarining 5-forumi oçiladi. Forum iştirokçilari orasida Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, Möğuliston va Slovkaiya taşqi işlar vazirlari Damdingiyn Tsogtbaatar va Miroslav Layçak, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, USM Holdings asosçisi Alişer Usmonov, Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri örinbosari Azer Talibov va boşqa köplab nomdor kişilar bor. MGIMO kuzatuv kengaşi a'zosi, TASS axborot agentligi boş direktorining birinçi örinbosari Mixail Gusman forumning boş sessiyasi moderatori böladi.
Avvalroq forumlar Boku, Moskva, Yerevan va Ostonada bölib ötgan. Institut rektori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Anatoliy Torkunovning aytişiça, Toşkent bejizga anjumanni ötkaziş uçun maydonça sifatida tanlanmagan.
“Bu yerda sobiq ittifoq vaqtida ta'lim olgan köplab bitiruvçilarimiz hamda Özbekiston mustaqillikka erişgandan keyin öqiganlar işlaydi. Endilikda ular köplab tuzilmalarda, taşqi siyosat, biznes, ta'lim va madaniyat sohalarida muvaffaqiyatli işlaşmoqda”, deb aytgan Torkunov.
Forum iştirokçilari jahon kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilişadi. Forum doirasida xalqaro xavfsizlik, Markaziy Osiyo muammolari, Rossiya va Özbekiston örtasidagi munosabatlar istiqbollariga bağişlangan katta anjuman bölib ötadi. Bundan taşqari, mehmonlarga Özbekistonning iqtisodiy salohiyati haqida ma'lumot beriladi. Şuningdek, MGIMOning joriy yil Özbekistonda oçiladigan filiali taqdimoti bölib ötadi.
Vladimir Medinskiyning fikriça, forum nafaqat institutdagi döstlarning uçraşuv joyi, balki “galstuklarsiz” muloqot qiliş uçun ajoyib maydonça hisoblanadi.
MGIMO Rossiyaning xalqaro yönalişdagi mutaxassislarni tayyorlaş böyiça yetakçi oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Uning taşkil etilgan sanasi 1944 yil 14 oktabr hisoblanadi. 1946 yildan boşlab institutga xorijiy davlatlardan talabalar qabul qilina boşlangan.
Fattoh Şodiyev va Alişer Usmonov Toşkentdagi xalqaro forumda iştirok etadi











