Avloniy haqida film suratga olinmoqda. Ssenariy mualliflaridan biri Tohir Malik
«O‘zbekkino» milliy agentligi tomonidan mashhur o‘zbek ma'rifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy faoliyatiga bag‘ishlangan «Avloniy» nomli to‘liq metrajli badiiy film suratga olinmoqda. Bu haqda agentlik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Qurbonov Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, film rejissyori Muzaffar Erkinov, ssenariy mualliflari esa Tohir Malik hamda Muqaddas Usmonova.
Ma'lum qilinishicha, film Abdulla Avloniyning 1919 yilda Afg‘onistonga qilingan diplomatik safari haqida. Mamlakatda katta o‘zgarishlar ro‘y berayotgan davrda yashagan Avloniyning turlicha fikrlar, oqimlar, siyosiy tuzumlar o‘rtasidagi kurashlarga nisbatan kechgan ichki tuyg‘ulari, millatining kelajagi uchun qilgan harakatlari mazkur film asosini tashkil etadi. Unda jumladan, avvaliga jadidchilar qatorida bo‘lgan Avloniyning keyinchalik sho‘rolar hukumatiga xizmat qilishining sabablari, Afg‘onistonga safar barobarida uning o‘sha hukumatga nisbatan paydo bo‘lgan qarshi fikrlari, millati va yurti uchun chin yurakdan jon koyitishi haqida hikoya qilinadi.
Filmda Abdulla Avloniy rolini teatr aktyori Alisher Yo‘ldoshev ijro etmoqda. Kinokartinada yana bir qancha ijodkorlar – Otabek Haqberdiyev, Abror Yo‘ldoshev, Matyoqub Matjonov, Muhammadali Abduqunduzov, Javohir Zokirov, rus ijodkorlaridan esa Diana Sherezdanova, Gleb Galendr, Anvar Kartayev va Azat Axmedov ham ishtirok etmoqda.
«Filmni suratga olishdan maqsad – Avloniy obrazi timsolida o‘sha davrda yashab, faoliyat yuritgan, millat va yurt uchun kurashgan ziyolilarning hayoti bilan yurtdoshlarimizni yaqindan tanishtirish, ularga tarixni o‘rganish, yurtni himoya qilish burch ekanligini uqtirishdir», deydi Qurbonov.
Ma'lumot uchun, Abdulla Avloniy – shoir, dramaturg, murabbiy, ilk darsliklar muallifi, «Maktab», «Nashriyot» shirkatlar muassisi, o‘zbek teatri asoschilaridan biri, «Turon» teatr truppasi tuzuvchisi, shuningdek, Turkistonning Afg‘onistondagi birinchi muxtor elchisi, diplomati hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
-
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
Jahon | 23:03 / 23.05.2025
Mavzuga oid

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

14:54 / 31.07.2024
Filmga ko‘chgan hayot – Berlin olimpiadasida g‘alaba qozonib Hitlerni asabiylashtirgan qora tanli sportchi kim edi?

19:02 / 01.06.2024
“Tarixiy film suratga olish shunchaki ijodiy jarayon emas, bu butun boshli sanoat” – “Yalangto‘sh Bahodir” filmi haqida katta suhbat

11:17 / 31.05.2024