Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatidagi birinçi örindagi vazifasi Donbassdagi uruşni töxtatiş ekanligini aytdi.
"Bizning birinçi navbatdagi vazifamiz Donbassdagi öt oçişni töxtatiş. Mendan tez-tez öt oçişni töxtatiş uçun nimalarga tayyorligim haqida söraşgan. Ğalati savol siz, ukrainaliklar, yaqin insonlaringiz hayoti uçun nimalarga tayyorsiz? Qahramonlarimiz boşqa halok bölmasliklari uçun men hamma narsaga tayyorman", dedi Zelenskiy ukrain xalqiga murojaatida.
U şuningdek, Donbassdagi uruşni töxtatiş uçun muloqotga tayyorligini bildirdi.
"Men muloqotga tayyorman, lekin muloqot uçun birinçi qadam barça ukrainalik asirlarning qaytarilişi böladi", - dedi u.
Avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak va Ukraina mudofaa vaziri Stepan Poltorak Vladimir Zelenskiy qasamyod qilib prezidentlikka kirişganidan keyin iste'foga çiqişgandi.














