20 may kuni Jinoyat işlari böyiça Quyi Çirçiq tuman sudida sudlanuvçilar Ahmadjon Tursunboyev va boşqalarga nisbatan jinoyat işining tergov bilan yakunlangan qismini körib çiqiş böyiça sud öz yakuniga etdi.

Sudlanuvçi Ahmadjon Tursunboyev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi hamda eng kam oylik iş haqining 400 baravari miqdorida jarima tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi.

Unga şuningdek Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi a, v bandlari bilan iş haqi 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda ikki yil axloq tuzatiş işlari jazosi ham tayinlandi.

Uning 15 nafar şerigiga quyidagiça hukmlar e'lon qilindi:

Kuçkarov Olmos Ismailoviçga 12 yil ozodlikdan mahrum qiliş hamda eng kam oylik iş haqining 400 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Ibragimov Izatilla Axmadjanoviçga 12 yil ozodlikdan mahrum qiliş hamda eng kam oylik iş haqining 350 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Tursunbayev Murodjon Yuldaşeviçga 12 yil ozodlikdan mahrum qiliş hamda eng kam oylik iş haqining 350 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Tursunbayev Oybek Baxrom öğliga 9 yil ozodlikdan mahrum qiliş hamda eng kam oylik iş haqining 350 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Turdiyev Azizjon Izzatillayeviçga 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş hamda eng kam oylik iş haqining 350 baravari miqdorida jarima tayinlandi.