Ukrainaning beşinçi prezidenti Pyotr Poroşenko beş yillik prezidentligi davomida milliarderlik maqomidan ayrildi, deb yozadi Blumberg agentligi.

Agentlikning ma'lum qilişiça, 2014 yildan 2019 yilgaça bölgan vaqt oraliğida Poroşenkoning aktivlari qariyb 40%ga, 705 million dollargaça kamaygan.

Poroşenkoning asosiy aktivi – qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçi "Roşen" korporatsiyasi bölib, uning fabrikalari Rossiya, Litva va Vengriyada ham joylaşgandi. 2012 yilda "Roşen" 400 ming tonnadan ortiq mahsulot işlab çiqargan bölsa, Rossiyada uning mahsulotlari taqiqlanganidan keyingi ikki yil içida işlab çiqariş 25%ga qisqargan.

Poroşenkoning boşqa aktivlariga bank, telekanal, suğurta kompaniyasi va bir neçta oziq-ovqat korxonalari kiradi, deb eslatadi Blumberg.

30 aprel kuni Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezident saylovi ğolibi deb e'lon qildi. Zelenskiy 20 may kuni qasamyod qabul qildi.