Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari oliy boş qömondoni vakolatlarini öz zimmasiga olişi haqidagi farmonni imzoladi. 300/2019-sonli farmon prezident saytida e'lon qilingan. 

“Ukraina prezidenti lavozimiga 20 mayda kirişişim munosabati bilan, Ukraina konstitutsiyaning 106-moddasi 1-qismi 17-bandiga muvofiq, bugundan boşlab Ukraina qurolli kuçlari oliy boş qömondoni vakolatlarini öz zimmamga olaman”, deyilgan farmonda.  

Oliy boş qömondon majburiyatlariga Ukraina qurolli kuçlari oliy qömondoni va boşqa harbiy tuzilmalar qömondonlarini tayinlaş va böşatiş, oliy harbiy unvonlarni beriş va milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşini şakllantiriş kiradi.

Zelenskiy 20 may kuni Ukraina prezidenti lavozimini bajarişga kirişdi. U inauguratsiyasi davomida oliy radaning tarqatilişini e'lon qildi. Zelenskiy deputatlarga uning talablarini bajarişga, ya'ni hukumatning iste'foga çiqişi, deputatlik daxlsizligini bekor qiliş va noqonuniy boyiş haqidagi qonunni qabul qilişiga 2 oy muhlat berdi.