ENI Spa O‘zbekiston neft-gaz bozoriga kirib kelishi mumkin
Rim shahridagi Italiyaning «ENI Spa» neft-gaz kompaniyasi shtab-kvartirasida O‘zbekiston elchisi Otabek Akbarov hamda mazkur kompaniyaning Xalqaro munosabatlar bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Lapo Pistelli o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
1953 yil tashkil topgan, dunyoning 71 mamlakatida faoliyat ko‘rsatadigan «ENI Spa» korxonalarida 33 mingdan ziyod xodim ishlaydi. Kompaniya soha bo‘yicha to‘liq turkumda, ya'ni formulalarni tadqiq etish va ishlab chiqish, neft va gazni qazib olish, tashish va qayta ishlash, shuningdek, turli moylar ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
2015 yilgacha Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Lapo Pistelli O‘zbekiston – Italiya o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab yo‘nalishlar qatori iqtisodiyot sohasida ham faollashib borayotganini qayd etdi. Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistonning tabiiy resurslarga boyligi, geografik qulay joylashuvi kompaniyada ikki tomonlama hamkorlikka katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mamlakatda neft-gaz sohasini modernizatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etish istagida.
«ENI Spa» vitse-prezidenti O‘zbekiston bilan geologiya-qidiruv, zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash kabi keng qamrovli masalalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik strategiyasini belgilab olish maqsadida yaqin kelajakda ikki tomonlama delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
12:50 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Italiya mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
14:38 / 30.10.2024