Timur Işmetov moliya vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar qildi.
U 2017 yilning 7 iyunidan buyon Markaziy bank raisining birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgan edi.
Timur Işmetov 1979 yilda Toşkentda tuğilgan. 2000 yilda Toşkent moliya institutining «Moliya va kredit» fakulteti, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yönalişida magistratura bosqiçini, 2007 yilda -Toşkent yuridik universitetining huquqşunoslik fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodçisi lavozimidan boşlagan. 2017 yil apreligaça turli lavozimlarda faoliyat körsatdi. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boşqariş departamenti, Içki valuta bozoridagi operatsiyalar va Valuta boşqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qildi.
Moliya vazirining avvalgi birinçi örinbosari Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.












