Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari qömondoni - Boş ştabi boşliği Viktor Mujyenkoni işdan böşatib, uning örniga Ruslan Xomçakni tayinladi.
Ukraina prezidentining bu haqdagi farmoni 21 may kuni imzolangan va davlat rahbari saytida e'lon qilingan.
Mujyenko Ukraina Boş ştabini 2014 yildan buyon boşqarib kelayotgandi.

General-leytnenat Xomçak 2016 yilda Ukrainaning quruqlikdagi qöşinlari qömondonining birinçi örinbosariga aylangandi. U Moskva oliy harbiy qömondonlik maktabini tamomlagan. Harbiy xizmatni GDRda ötagan, keyin Belorussiya Qizil Bayroq ordenli harbiy okrugida xizmat qilgan.
Ukraina şarqidagi harbiy nizo vaqtida Askilterror amaliyot kuçlarining «B» sektori qömondoni lavozimini egallagan.














