Avtomobil, temiryöl, havo, daryo transporti, metropoliten hamda yöl xöjaligi sohasidagi davlat boşqaruvining yagona organi sifatida Transport vazirligining taşkil etilişi mahalliy iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun juda ijobiy va muhim qadam hisoblanadi. Özbekiston prezidentining «Transport sohasida davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida​»gi farmoniga muvofiq, transport sohasidagi yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş vazirlikning asosiy vazifasi hisoblanadi. Agarda vazirlikning missiyasini tahlil qiladigan bölsak, hududiy joylaşuv va bozor hajmini hisobga oladigan bölsak, bu «Özbekistonni mintaqaviy transport xabiga aylantiriş» degani.

Ana şunda taşkil etilgan vazirlikning roli barça uçun tuşunarli böladi – iştirokçilar soni va transport bozori hajmining ösişiga erişiş (bozor hajmi – bu bozor atrofida taklif etiladigan va sotib olinadigan tovar yoki xizmatlar hajmi).

Ha, bir kundayoq barça narsani özgartirib bölmaydi va vazirlik taşkil etilganiga atigi bir neça oy böldi. Ehtimol, vaqt çeklanganligi hisobigami, aviatsiya va temiryöl taşuvlari sektorlarida hali-hanuz boşqaruvning monopollaşgan tizimi mavjud, şaffoflik va aholining transport xizmatlariga bölgan talabini qondiriş imkoniga ega emas. Ammo asosiysi, töğri yöl tanlangan va tan oliş kerakki, taşuvlar bozorida soğlom raqobatning yöqligi mamlakatda transport sohasi darajasiga ta'sir körsatmoqda. 

Maqolada davlat tartibga soluvçisining taşkil etilişi ma'qullanadi, kelajakda sohaning ösişiga umid bildiriladi hamda qanday kamçiliklar mavjudligi körib çiqiladi.

Konseptual yondaşuv

Transport siyosatiga nisbatan yondaşuvni isloh qiliş, birinçi navbatda yangiça tuşuniş apparatini közda tutadi. Transport va iqtisodiy ösişga özaro ta'sir körsatuvçi omillar mavjudlik (accessibility) va «logistik boğliqlik» (connectivity) hisoblanadi. Mavjudlik va qatnov manzilining darajasini anglaş muhim hisoblanadi, çunki u yölovçi va yuk taşişda davlat hamda xususiy operatorlar rolini aniqlaşga yordam beradi. Bunda, mavjudlik – geografik nisbiy ölçov bölsa, «qatnov» amaliy va texnologik çeklovlar hamda mavjudlikni oşiriş imkoniyatlarini anglatadi (masalan, yölga sarflanadigan vaqt yoki samaraliroq transport vositalari).

Oddiy söz bilan aytganda, viloyatlarda aeroportlar bölsa ham, muntazam qatnovlar bölmasa, «logistik boğliqlik» bilan muammo hal bölmaydi. Yoki boşqa misol. Özbekistondagi viloyat markazlaridagi birorta ham korxona agarda mahsulot jönatiş uçun uni işlab çiqarişga ketgançalik mablağ sarflaydigan bölsa, eksport bilan muvaffaqiyatli şuğullana olmaydi. Bundan taşqari, vagonlarni korxona joylaşgan şahardan davlat çegarasigaça olib boradigan vaqt çegaradan Rossiyagaça yetib boradigan vaqtga nisbatan uç baravar köproq bölsa.