Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi tibbiyot birlaşmasi tuğruq kompleksi ginekologiya bölimiga olib kelingan homilador ayol vafot etdi. Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tekşiruv işlarini olib borib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

«Surxondaryo viloyati Boysun tumani, Omonxona qişloğida yaşagan, 1995 yilda tuğilgan Z.X. 2019 yil 13 may kuni Boysun tuman tibbiyot birlaşmasi tuğruq kompleksi ginekologiya bölimiga yotqizilgan. 16 may kuni bemorning ahvoli oğirlaşganidan söng tuğruq kompleksining jonlantiriş bölimiga ötkaziladi.

17 may kuni esa bemorda burundan qon ketiş alomatlari boşlangaç, u viloyat maslahat guruhining gematolog va LOR şifokorlari tomonidan körikdan ötkazilib, «Homiladorlik 17 haftalik, burundan qon ketişi, D.V.S gipokogulyatsiya bosqiçi» taşxisi qöyilgan. Bundan taşqari, şifoxona nevrologi va tor mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan.

Bemorga 18 may kuni intensiv muolajalar hamda 1,5 litr qon zardobi va 500 ml. eritrotsitar massa quyilgan. Bemor 19 may kuni «Ötkir yurak yetişmovçiligi, DVS sindromi» natijasida vafot etgan. Bemorda qon ketiş alomatlari va inʼeksiya qilingan joylarda qontalaşlar bölganini inobatga olib, patologoanatomik bölimda murdadan arboviruslarga tekşiriş uçun qon namunasi olingan. Qaşqadaryo viloyat DSENMning öta xavfli yuqumli kasalliklarni tekşiriş laboratoriyasiga yuborilgan qon namunalari tekşirilganda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi alomatlari aniqlangan.

Mazkur kasallikning yuqiş xavfi yuqoriligi bois viloyat DSENM boşqarmasi mutaxassislaridan iborat guruh tegişli me'yoriy hujjatlar asosida kasallik öçoğida töliq muolajalar va parvariş işlari amalga oşirildi. Marhum bemorning oila a'zolari va u bilan muloqotda bölganlar tibbiy körikdan ötkazilganda ularga Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi yuqmagani aniqlandi.

Şu örinda qayd etiş kerakki, har yili bahor va yoz mavsumida köplab mamlakatlarda bölgani kabi yurtimizda ham ayrim holatlarda uşbu kasallik uçrab turadi. Agar kasallik vaqtida aniqlansa, davolaş mumkin. Şu sababli xavotirga örin yöq. Fursatdan foydalanib, aholidan sanitariya qoidalariga qa'tiy rioya etiş, jumladan, çorva parvarişida ehtiyot çoralarini köriş, kanalarni qölda öldirmaslik, agar tanada isitma paydo bölsa, zudlik bilan şifokorga murojaat etişlarini söraymiz.

Eslatib ötamiz, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan mamlakatimizda aholi örtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligini oldini oliş böyiça samarali profilaktik çora-tadbirlar amalga oşirilib, bu tadbirlar qat'iy nazoratga olingan», deyiladi Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazining Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotida.