Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy u tomonidan taklif qilingan halq deputatlari saylovlari haqidagi qonun loyihasinining oliy radada körib çiqilişi rad etilganiga izoh berdi.
“Eski siyosatçilar eski tizimni tanladilar, çunki faqatgina şu narsa ularga siyosiy hayotlarini davom ettirişga imkon beradi”, deb yozgan davlat rahbari feysbukda.
Uning fikriça, deputatlar “pul va greçka uçun yana parlamentga kirişni” möljallaşmoqda. “Biroq aminmanki, ular adaşişmoqda. Hattoki majoritar okruglarda ham davlatni sözda emas, amalda özgartira oladigan yangi siyosatçilarni saylaysiz”, deb aytib ötgan Zelenskiy.
Zelenskiy taklif qilgan qonun loyihasini körib çiqiş uçun radada zaruriy 226 ovoz bilan 92 deputatgina ovoz bergan.
Şundan söng Zelenskiyning maslahatçisi Ruslan Stefançuk parlament a'zolarini kelişuvlarni buzganlikda aybladi. Uning sözlariça, bundan avvalroq davlat rahbari va deputatlar saylov qonunçiligini özgartiriş böyiça murosaga erişgandilar.














