Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşiga sobiq moliya vaziri Aleksandr Danilyukni kotib etib tayinladi.
Danilyuk Zelenskiyning saylov kampaniyasi vaqtida uning maslahatçisi bölgan, bungaça esa Ukraina prezidentining hukumatdagi vakili, prezident ma'muriyati boşliği örinbosari va moliya vaziri lavozimlarini egallagan.
Danilyuk moliya vaziri lavozimidan boş vazir Vladimir Groysman bilan nizodan keyin 2018 yilda böşatilgan. Nizo Danilyukning öz örinbosarlarini özi mustaqil tanlaşi huquqini himoya qilişga urinişi sababli çiqqan.
19 may – Zelenskiyning inauguratsiyasidan bir kun avval Ukrainaning endilikda sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi lavozimidan Aleksandr Turçinovni böşatgandi.














