Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy özining birinçi iş kuni prezident kursisining noqulayligidan şikoyat qildi.
Zelenskiyning iş örnida birinçi marta paydo bölişi va avval sobiq prezident Pyotr Poroşenko egallagan kursi borasidagi taassurotlari videosi prezident jamoasi tomonidan e'lon qilindi. Videoda yangi prezident avval Poroşenko ötirgan kursi yoniga kelib, unga ötirib, uning “noqulayligidan” şikoyat qiladi hamda öz nomiga bildirilgan olqişlarga “Nimaga çapak çalyapsiz?”, deb söraydi atrofidagilardan.
“Men esa qaçon köçib ötişimizni öylamoqdaman”, deb aytadi Zelenskiy prezident kabinetidagi stol atrofida yiğilganlarga.
Ukraina prezidenti ma'muriyati ayni vaqtda 1939 yilda qurilgandan keyin Kiyev harbiy okrugi ştabi, uruşdan keyin esa Ukraina kommunistik partiyasi markaziy qömitasi egallagan binoda joylaşgan. Uşbu bino 1992 yilda prezident qarorgohiga aylangan.
Avvalroq Zelenskiy Bank köçasida joylaşgan uşbu binoda işlaşni istamayotganini aytgan. Uning aytişiça, prezident ma'muriyati hukumat mavzesida emas, balki oçiq joyda işlaşi lozim. Biroq u qayerga köçib ötmoqçiligiga aniqlik kiritmagan.














