Odatda yangi xonadon qurilganida yoki uni yangidan bezatishda xonalarning rangi, uyda kimlar istiqomat qilishi va xona jihozlariga ko‘ra qandillar tanlanadi. 

Qandillar o‘zining asosiy vazifasi – yorug‘lik taratish bilan birga, har qanday xonadonga bezak berishi va uni yanada ulug‘vor ko‘rsatishi aniq. 

Bugun sizga ana shunday bejirim, inson ko‘zini quvnatuvchi hamda turli g‘aroyib shakl va dizayndagi, eng asosiysi esa dunyoning allaqaysi uzoq shahrida emas, o‘zimizning Toshkentda joylashgan qandillar do‘koni hamda undagi aksessuarlar haqida ma'lumot beramiz.

«Candela» bu – premium-klassdagi yoritish uskunalari do‘koni bo‘lib, ushbu do‘konda siz xonadon, ko‘chalar, tashkilot yoki boshqa turdagi binolarning zal va xonalarini did bilan bezatishda foydalaniladigan qandillarni topishingiz mumkin.

Turli rang, noyob shakl va dizayndagi yoritgichlar xonadoningizning ichki ko‘rinishiga ulug‘vorlik berib, uni yorqin ranglar bilan to‘ldirishi aniq.

Do‘kon shu yilning mart oyidan boshlab Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasida faoliyat yuritmoqda.

Ushbu do‘kon aksessuarlari eng talabchan va nozik did egalarini ham o‘zining standart bo‘lmagan yondashuvi bilan xursand qila oladi. Chunki faqat «Candela» do‘konida mijozlarga miliy klassika, xaytek modern va boshqa turdagi uslublarda sifatli qandillar taklif etiladi. 

«Candela»ning yorug‘lik texnika sohasidagi ulkan tajribasi esa mijozlarga ishonch kafolatini, ulug‘vorlikning yuqori darajasi va ishga professional munosabatni beradi.
Mahsulotlar assortimenti 500 xildan ortiq. Xaridorlar «Candela» yoritish uskunalari do‘koniga tashrif buyurib o‘zini turli-tuman qandillar olamiga tushib qolgandek his qiladi. Eng muhimi esa bu olamdan o‘zingiz uchun atalgan qandillarni albatta topasiz.