Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 102 yoshli kampir 92 yoshli kampirni o‘ldirganini tan oldi
Fransiyaning Shezi-Syur-Marn kommunasidagi qariyalar uyida yashovchi 102 yoshli ayol 92 yoshli qo‘shnisini o‘ldirishda gumon qilina boshlandi. Bu haqda France Info axborot portali xabar berdi.
Noma'lum bo‘lib qolishni istagan gumonlanuvchi qariyalar uyi xodimlaridan biriga “odam o‘ldirganini” aytgan. Xodima qurbonni karavotda jonsiz holda topgan, uning yuzida ko‘plab lat yeyish jarohatlari bo‘lgan. Ekspertiza qurbon bo‘g‘ish va boshga urishdan o‘lganini ko‘rsatgan.
Ayni vaqtda gumonlanuvchi ayol psixiatrik kasalxonada qolmoqda. Mutaxassislar ayolning holatini baholab, uni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin-mumkinmasligini aniqlashtirishmoqda.
Mavzuga oid
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
10:07 / 23.05.2026