Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada «Hijab Travel» televizion dasturi O‘zbekiston haqidagi maxsus ko‘rsatuvlar namoyishini boshladi
Indoneziyaning «Trans 7» telekompaniyasi aprel oyida 10 kunlik safar bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Safardan so‘ng jamoa taniqli «Hijab Traveling» televizion dasturi uchun teleko‘rsatuv tayyorladi.
Hozirda Indoneziyaning «Trans 7» kanalida O‘zbekiston haqidagi maxsus ko‘rsatuvlar namoyishi boshlandi. Quyida teleko‘rsatuv tizerini tomosha qilishingiz mumkin.
Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi xabar berishicha, ijodiy guruh Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida maxsus qadamjolar, ziyoratgohlarga tashrif buyurgan. Bundan asosiy maqsad – indoneziyalik tomoshabinlar orasida O‘zbekiston va uning go‘zal maskanlari haqidagi xabardorlikni oshirish hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026