Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi iştirokçilarining huquqlari himoya qilinişini ta'minlaş bilan boğliq özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
194-moddaning (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik):
nomidagi «Militsiya xodimining» degan sözlar «Içki işlar organlari xodimining» degan sözlar bilan almaştirildi;
birinçi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Içki işlar organlari xodimining huquqbuzarlikni töxtatiş, hujjatlarni tekşiriş uçun taqdim etiş, içki işlar organlariga boriş yoki körsatilgan muddatda içki işlar organlarida böliş töğrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini töxtatiş, jabrlanuvçilarga yordam körsatiş haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud içki işlar organlari xodimining qonuniy talablariga boşqaça tarzda böysunmaslik, xuddi şuningdek jamoat tartibini saqlaş hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlaş vazifalarini amalga oşirayotgan boşqa şaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik»;
195-moddaning (Militsiya xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş):
nomidagi «Militsiya xodimlarining» degan sözlar «Içki işlar organlari xodimlarining» degan sözlar bilan almaştirildi;
dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Içki işlar organlari xodimining öz vazifalarini bajarişi bilan boğliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday şaklda da'vatlar qiliş, xuddi şuningdek içki işlar organlari xodimlariga ommaviy ravişda böysunmaslikni keltirib çiqariş maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatiş»;
196-moddaning (Huquqbuzarlik sabablari va şart-şaroitlarini bartaraf etiş yuzasidan militsiyaning yozma taqdimnomalarini bajariş çoralarini körmaslik):
nomidagi «militsiyaning» degan söz «içki işlar organlarining» degan sözlar bilan almaştirildi;

















