Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey 7 iyun kuni konservativ partiya rahbarligidan ketişini e'lon qildi. Uni iste'foga çiqişga Mey taqdim qilgan «Brekzit» böyiça YeI bilan kelişuvdan norozi bölgan partiyadoşlari, xususan Vazirlar Mahkamasi a'zolari majbur qilişdi. Bu esa Tereza Mey mamlakat boş vazirligidan ham ketişi kerakligini bildiradi.
Mey xonim uning Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqiş böyiça taklif etgan rejalari qöllab-quvvatlanmaganidan afsusdaligini bildirgan. Dauning-stritdagi ehtirosli çiqişi vaqtida Mey xonim «Brekzit» tarafdorlari ğalabasi bilan yakunlangan 2016 yilgi referendum natijalari böyiça işlarni yakunlaş uçun qölidan kelgan barça işni qilganini aytib ötgan.
«Uç yil muqaddam britaniyaliklar öz tanlovlarini amalga oşirişgandi va prognozlarga qaramasdan, Yevroittifoqdan çiqişga qaror qilişgandi. Demokratik davlat öz fuqarolari tanlovini hurmat qilmoği lozim, men ham «Brekzit» amalga oşişi uçun barça sa'y-harakatlarni qildim. Ammo men buni uddalay olmadim. Endi bu iş bilan yangi boş vazir şuğullanişi kerak, uni Konservativlar partiyasi 7 iyunga qadar tanlaşadi — men bugun lavozimimdagi oxirgi kunni ötkazaman. Mening izdoşim parlamentda kelişuvga erişişiga töğri keladi, men esa bunga erişa olmadim. Ammo bu iş barça tomonlar roziligisiz amalga oşmaydi. Uç yil içida biz defitsitni qisqartirdik, davlat qarzini kamaytirdik, yangi iş örinlari yaratdik va iqlim özgarişiga qarşi kuraşni kuçaytirdik. Bu zamonaviy konservativ hukumat olib borgan işlar samarasidir. Biz unutmasligimiz kerakki, buyuk kelajakka ega birlaşgan davlatmiz. Men bu mamlakat tarixidagi ikkinçi ayol boş vazir böldim, ammo oxirgisi emas. Men özim sevgan mamlakatga xizmat qiliş imkoniyatiga ega bölganimdan behad minnatdorman», degan Mey xonim.
U nutqini yakunlaşga ulgurmasdan yiğlab yuborgan.
What an emotional ending to that Theresa May reign... #Trexit pic.twitter.com/EuXpHSV1Yw
— Paddy Power (@paddypower) 24 maya 2019 g.
Keyingi vaqtlarda Tereza Mey «Brekzit» jarayonini hal qila olmagani uçun hatto özi yetakçisi bölgan Konservativlar partiyasi tomonidan ham tanqidlarga uçrayotgandi.
Bi-bi-si ma'lumotiga köra, Mey xonim konservatorlar partiyaning yangi rahbarini tanlaşmaguniça öz lavozimini bajarişda davom etadi.


















