«Zelenskiyning döstlari». Yangi prezident ilk tayinlovlarni amalga oşirdi. Ular kimlar?
|03:40 / 24.05.201984 38915 min
21 aprel kuni Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonib, 20 may kuni qasamyod qabul qilib, lavozimga kirişgan Vladimir Zelenskiy prezidentligining uçinçi kunida, 22 may kuni qator tayinlovlar amalga oşirdi, xususan, öz administratsiyasiga yangi rahbar va Ukraina Qurolli kuçlari boş ştabiga yangi boşliq tayinladi.
Farmonlarda Zelenskiy prezident bölişidan avval asosiy yulduzi bölgan «Kvartal 95» studiyasi asosçisi, oligarx Igor Kolomoyskiyga aloqador yurist va Ilovaysk yaqinidagi janglarda ukrainalik harbiylarga qömondonlik qilgan generalni uçratiş mumkin. Bi-bi-si Ukraina hukumatidagi ilk tayinlovlar haqida ma'lumotlar töpladi.
Prezident administratsiyasi rahbari - Andrey Bogdan
Andrey Bogdan
Foto: UNIAN
Ukraina siyosatida bu lavozimning ahamiyati va darajasi davlat rahbari kimligiga va ma'muriyat rahbari şaxsiga qarab doimo özgarib turgan.
Leonid Kravçuk vaqtida prezident administratsiyasi rahbari bölgan Nikolay Xomenkoni administratsiyadan taşqarida deyarli heç kim tanimasdi. Viktor Baloga haqida esa şunday hazil gap yurardi - «Viktor Yuşçenko uning administratsiyasida prezident bölib işlaydi».
Katta ehtimol bilan katta siyosiy tajribaga ega bölmagan Vladimir Zelenskiyning prezidentligi davrida prezident administratsiyasi rahbari lavozimining ahamiyati salmoqli böladi - Andrey Bogdanning bu lavozimga tayinlanişi yangi hukumat konfiguratsiyasidagi (qiyofasi) muhim nuqtalardan biridir.
Andrey Bogdan - 42 yoşda, u professional yurist, advokat. U Vladimir Zelenskiy bilan köp vaqtlardan buyon taniş, prezident uni yaqin örtoği deb ataydi. Bogdan «Ukrainskaya pravda» uçun bergan intervyusida 2014 yil oxirida va 2015 yil boşlarida taniqli komik aktyorni siyosatga ötişga undaganlardan biri bölganini aytib ötgan.
Vladimir Zelenskiy va Andrey Bogdan prezident administratsiyasining 21 may kungi yiğilişida
Foto: PRESIDENT.GOV.UA
Saylovoldi kampaniyasi davrida Bogdan doimo Zelenskiyning ştabida bölgan, u Olimpiyskiy stadionida Petro Poroşenko bilan ötkazilgan debat vaqtida ham qöllab-quvvatlovçilar guruhining oldingi qatorida edi.
Mavzuga oid
«Bu odam hujjat işini puxta biladi - qaysi qoğozlarni topşiriş va qaysisini topşirmaslikni», degandi uning ştabdagi roli haqida gapira turib yangi prezidentning yaqin tarafdori Sergey Şefir.
Bogdan - Ukraina siyosatida yangi figura emas. U 2004 yildan buyon Ukraina prezidentligi uçun ötkazilgan barça saylovlarda saylovoldi kampaniyalarida iştirok etgan. Viktor Yuşçenko prezidentligi davrida u Adliya vazirining korrupsiyaga qarşi kuraş masalalari böyiça örinbosari bölgan. U hukumatdagi köplab hamkasblaridan farqli ravişda Yanukoviçning ğalabasidan keyin ham hukumatda qolgan: Nikolay Azarov tuzgan hukumatda u korrupsiyaga qarşi siyosat böyiça komissar lavozimini egallagan.
Ukrainadagi ayrim naşrlar Bogdanni Igor Kolomoyskiy nomi bilan boğlaşadi va uni Ukrainaning eng yirik oligarxning advokati sifatida bilişadi. 2014 yilda u Dnepropetrovsk viloyati gubernatori Igor Kolomoyskiyning maslahatçisi bölgan. Keyinroq Kolomoyskiyning yaqin odamlaridan biri, moliyaviy jinoyatlarda ayblangan Gennadiy Korbanga advokatlik qilgan.
«Ukrainskaya pravda» uçun bergan intervyusida Bogdan ayni vaqtda bir jinoiy işda Kolomoyskiyga advokatlik qilayotganini aytgan va oligarxni «Ukrainaning haqiqiy vatanparvari» deb atagandi. Şu bilan birgalikda, aprel oyi oxirida, saylov natijalari ma'lum bölgaç, u yangi hukumatda lavozim olsa, har qanday advokatlik faoliyatini töxtatişini va bundan keyin uning Kolomoyskiy bilan aloqalari böyiça şubhalar asossiz bölişini ma'lum qilgan.
Foto: UNIAN
Bi-Bi-si suhbatdoşi Andrey Bogdanni hamişa ham odob bilan muomala qilmaydigan, qöpol, har qanday muzokaralarda agressiv harakatlanuvçi menejyer sifatida ta'riflagan.
Lavozimga tayinlanganidan keyin bergan birinçi intervyusida Bogdan Zelenskiyning administratsiyasiga siyosiy mahbuslarni ozod etiş masalasi böyiça maxsus vakil izlanayotgani haqida gapirdi. U hali yangi prezidentning ilk xorijiy safari qaysi davlatga amalga oşirilişi böyiça qaror qabul qilinmagani, bir neça takliflardan biri tanlanişi haqida ma'lumot berdi.
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Bogdanning «Rossiya bilan tinçlik kelişuviga erişiş» böyiça taklifi muhokama qilinmoqda. Bogdanning bayonotidagi noaniqliklar, bayonot Ukrainaning referendum haqidagi qonuniga mos emasligi köplab e'tirozlar va Ukrainaning yangi ma'muriyati «taslimçilik»ni ma'qul körayotgani haqidagi taxminlarni paydo qilmoqda.
Va nihoyat Bogdanning tayinlanişiga asosiy e'tiroz - lyustratsiya normalari. Bu normaga köra, Viktor Yanukoviç prezidentligi vaqtida vazir örinbosari darajasidagi lavozimda işlagan odam keyingi prezidentlar davrida prezident administratsiyasi rahbari bölişi bahslidir. Bogdanning özi esa özining bu lavozimga tayinlanişini qonunga zid emas deb baholagan.
Birinçi yordamçi - Sergey Şefir
Ukrainada prezident administratsiyasi rahbari davlat menejmenti, prezident öz konstitutsion majburiyatlarini bajarişini ta'minlaş bilan şuğullansa, birinçi yordamçi «prezident soyasi» hisoblanadi. U prezidentning işçi grafigini tuzadi, taşrif buyuruvçilar röyxatini şakllantiradi, uçraşuvlar vaqtini belgilaydi - u prezident qabuliga kiriş uçun kanal.
Bu lavozimga Zelenskiy özining yaqin dösti, 54 yoşli Sergey Şefirni tayinladi. Ma'lumotlarga köra, aynan u ukasi Boris bilan birgalikda Zelenskiyni «Zaporojye - Krivoy Rog - Tranzit» jamoasiga taklif etgan va bu jamoa keyinçalik KVNning oliy ligasida ğolib çiqqan.
Kiyevdagi «theBabel» naşri yozişiça, aka-uka Şefirlar Moskvada Zelenskiy bilan bitta kvartirada yaşagan. Kiyevga qaytişgaç, ular birgalikda «Kvartal 95» studiyasiga asos solişgan va bu loyiha vaqt ötib köp millionli biznesga aylangan.
Zelenskiyning Şefirlarga yaqinligi haqida gapirilganda, u prezident bölgaç «Kvartal»dagi uluşini aynan ularga ötkazib bergani faktini keltirişadi.
Sergey Şefir prezident administratsiyasi rahbarligi uçun asosiy nomzodlardan biri edi, ammo uning özi bu kresloda «çuqur yuridik bilimga ega bölgan» odam ötirişi kerakligini aytgan.
«Men lavozim va portfellarga befarqman, ammo men Zelenskiyga befarq bölolmayman. Men özimning vazifamni nimalarda körmoqdamanmi? Istaymanki, u siyosatçiligida ham odam bölib qolsin. Menimça, eng asosiysi şu. Men qayerda kerak bölsam, öşa yerda bölaman, bilamanki, u meni taşlab qöymaydi», degandi u prezidentlik saylovlarining ikkinçi turidan keyin.
Bundan taşqari, Zelenskiy öz farmoni bilan yana bir qança maslahatçilar va davlat organlarining boşqa mas'ullarini tayinladi.
Ruslan Stefançuk
Ruslan Stefançuk - sobiq «KVN»çi va yuridik fanlar doktori - Zelenskiy ştabida özini «asosiy ideolog» deb atardi. Ukraina naşrlari Stefançuk saylovoldi kampaniyasi davrida prezident jamoasi uçun birinçi navbatda zarur böladigan qonun loyihalarini işlab çiquvçi guruhga kurator bölganini yozişadi. U prezident maslahatçisi va prezidentning Oliy Radadagi maxsus vakili etib tayinlandi.
Andrey Gerus - Energetikani tartibga soliş böyiça milliy komissiyaning sobiq a'zosi, keyinroq Elektr energiyasi iste'molçilari uyuşmasi rahbari. Saylovoldi kampaniyasi vaqtida «Zelenskiy jamoasi»ning energetika, tariflar, kommunal xizmatlar va boşqa masalalarga javob beruvçi eksperti sifatida namoyon bölgan. Sörovlar natijalariga köra, kommunal tariflar saylovçilarning talablariga mos darajada pasaytirilgan.
Çorşanba kuni Andrey Gerusni prezidentning Vazirlar Mahkamasidagi vakili etib tayinlaşdi.
Prezidentning yana bir maslahatçisi Mixail Fedorov böldi - u Zelenskiyning saylovoldi kampaniyasida dijital yönalişdagi kurator edi.
Prezident administratsiyasiga örinbosarlar
An'anaga köra Ukraina prezidenti administratsiyasi rahbari örinbosarlari profil tamoyilida tayinlanadi: içki, taşqi, gumanitar siyosat, kuç işlatar blok va boşqalar böyiça alohida örinbosarlar.
Zelenskiyning 21 may kungi farmoni bu tamoyillarga mos kelmaydi - yangi tayinlovlar «Kvartal 95» Bankovaya köçasiga köçib ötdi» qabilidagi hazil tarqalişiga asos böldi.
Prezident ma'muriyati rahbarining birinçi örinbosari «Kvartal 95» studiyasining sobiq ijroçi direktori Sergey Trofimov böldi.
«Juda quvnoq va tentak, şuning uçun dengiz piyodalari qöşinida xizmat qilgan... yoki xizmat qilgan va şuning uçun... Jiddiy aytadigan bölsak, Sergey - har qanday yöl bilan bölsada öz maqsadiga erişadigan yigit», deya yozilgan u haqda «Kvartal 95» saytining «Ix ne vidno» bölimida. Unga Zelenskiy ştabi menejmentining asosiy figuralaridan biri sifatida prezident administratsiyasi rahbarligi uçun nomzod deb qaraşayotgandi.
Zelenskiy jamoasi Fransiya prezidenti bilan uçraşuv vaqtida (çapdan öngga):
Ivan Bakanov, Aleksandr Danilyuk, Vladimir Zelenskiy va Ruslan Ryaboşapka
Foto: GETTY IMAGES
Undan taşqari, davlat rahbari administratsiyasiga yana 4 nafar örinbosar tayinlandi.
Yuriy Kostyuk - Vladimir Zelenskiy boş rolni ijro etgan «Sluga naroda» seriali ssenariynavisi va ijodiy prodyuseri.
«Kreativ, media, ya'ni, fantaziya uçun barçasi muhayyo... Umuman olganda, qöldan kelgança yordam beraman», degan u «Ukrainskaya pravda»ga bergan intervyusida Zelenskiy kampaniyasidagi örni haqida gapira turib.
Kirill Timoşenko - siyosiy va ijtimoiy reklamalar olişga ixtisoslaşgan GoodMedia teleprodakşenning 30 yoşli asosçisi. Uning maşhur bölib ketgan mahsulotlari qatorida Petro Poroşenkoning 2014 yilgi inauguratsiyasi translatsiyasi, qahramonlari oligarx gubernator Igor Kolomoyskiy va uning jamoasi bölgan «Dnepr uçun jang» filmi, Poroşenkoning yaqin safdoşlaridan biri Igor Kononenko haqidagi piar-film bor. Ukraina naşrlari ma'lumotiga köra, Timoşenkoning kompaniyasi Zelenskiyning saylovoldi kampaniyasi vaqtida videoroliklar tayyorlaş uçun jalb qilingan.
Ruslan Ryaboşapka - 43 yoşli yurist, Adliya vazirligi va hukumat kotibiyatida uzoq yillar davomida turli lavozimlarda işlagan. 2016 yilda Korrupsiyaning oldini oliş milliy agentligi tarkibiga kirgan. Bu yangi organ davlat amaldorlarining deklaratsiyalarini baholaş bilan şuğullangan. Ryaboşapka bir yil ötib agentlikni samarasiz işlaşda ayblab, işdan böşagan. Katta ehtimol bilan prezident ma'muriyatida u korrupsiyaga qarşi kuraş masalalariga mas'ul böladi.
Seşanba kuni keçasi Lana (Yelena) Zerkal ham prezident administratsiyasi rahbari örinbosari etib tayinlangani xabar qilindi. U «eski hukumat»ning yangi prezident administratsiyasida lavozim olgan yagona vakili bölgandi. Zerkal xonim - professional yurist, Adliya vazirligi tizimida 10 yildan oşiq vaqt davomida faoliyat yuritgan, Ukrainaning Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölib kirişi böyiça muzokaralarni olib borgan.
Yelena Zerkal
U 2014 yildan buyon Taşqi işlar vazirining Yevropa integratsiyasi masalasi böyiça örinbosari sifatida işlab kelmoqda. Amalda u keyingi vaqtlarda Ukrainaning Rossiyaga qarşi xalqaro sudlardagi işlaridagi jarayonni nazorat qilardi. Kiyevdagi «Yevropeyskaya pravda» naşri uni «Taşqi işlar vazirligidagi ikkinçi odam» deb atadi, u köp xizmat safarlarida Pavel Klimkin örnini egallardi.
Zelenskiyning administratsiyasida u taşqi siyosatga mas'ul bölişi kerak edi.
Ammo köp ötmay Lana Zerkal prezident administratsiyasidagi lavozimni egallaşni rad qilgani ma'lum böldi. Çorşanba kuni Ukraina prezidenti saytida uning tayinlovi haqidagi xabar «amalga oşmagani» uçun bekor qilindi.
«Karera böyiça qaror şaxsiy qadriyatlar va prinsiplarga mos bölmoği kerak.
Mening vazifam va diplomatik xizmatdagi rolim özgarmaydi. Men bu işimni juda sevaman va bundan keyin ham şu işimni qilişda davom ettirişga umid qilaman», dedi uning özi bu qaroriga izoh bera turib.
Uruş böyiça boşliq
Ruslan Xomçak
Foto: UNІAN
Seşanba oqşomida 52 yoşli general-leytenant Ruslan Xomçak Ukraina Qurolli kuçlari boş ştabining yangi rahbari etib tayinlandi.
U Rovnoda tuğilgan, Moskva umumharbiy öquvyurtini tamomlagan, 2011 yilda generallik unvonini olgan. Donbassdagi harbiy harakatlar vaqtida Aksilterror kuçlarning «B» sektoriga rahbarlik qilgan.
«Tsenzor.Net» naşri ma'lumotiga köra, u 2014 yil avgustida Donetskni örab oliş böyiça buyruq olgan. Bu harbiy amaliyot Ukraina qöşinlari Ilovaysk yaqinida qurşovga tuşib qolişi bilan yakunlangan. Ukrainalik harbiylarning bu halqani yorib çiqişi Donbassdagi harbiy harakatlar vaqtidagi eng köp talofatlar bilan keçgan.
Rasmiy Kiyev Ilovayskayadagi fojia RF doimiy qöşinlarining Ukraina hududiga kiritilişi oqibatida röy bergan deb hisoblaydi. Xomçakning özi ham bu haqda qat'iy fikrda: uning sözlariga köra, ukrainalik harbiylar Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari bilan ilk bor 2014 yil 24 avgustida töqnaşgan. Moskva Ukraina hududida Rossiya armiyasi harbiylari ham iştirok etganini tan olmaydi.
2016 yilda general Xomçak Ukraina Qurolli kuçlarining quruqlikdagi qismlari ştabi rahbari etib tayinlangan. 2017 yil fevralida u Ukraina Mudofaa vazirligining boş inspektoriga aylangan.
Bolalikdagi döst UXX boşliğiga örinbosar
Çorşanba kuni tongida Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari örinbosari - korrupsiya hamda uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş boş boşqarmasi boşliği lavozimiga Ivan Bakanov tayinlandi.
Bakanov - Zelenskiyning bolalikdagi dösti hisoblanadi, ular qöşni pod'yezdlarda katta bölişgan. Bakanov yangi prezident bilan biznes hamkor bölgan, «Kvartal 95» studiyasi yuristi, Vladimir Zelenskiyning yarimvirtual «Sluga naroda» (Xalq xizmatida) partiyasi yetakçisi va Zelenskiyning saylovoldi ştabi rahbari bölgan.
Bi-bi-si uçun bergan intervyusida Bakanov avvalgi hukumat olib borgan siyosatni «ukrain xalqiga genotsid» sifatida baholagan va heç qaçon Oliy Radada bölmaganini dastak qilib keltirgan.
Şu bilan birgalikda, Bakanov «Kvartal»ning siyosatga ötgan vakillarining layoqati davlat boşqaruvi uçun yetarli ekanini qöşimça qilgan.
«Nima uçun hamma «Kvartal» a'zolarini faqat komiklar va aktyorlar sifatida qabul qilişadi, ular boşqa sohalarni ham tuşunişlarini hisobga olişmaydi. Axir bunday emas. «Kvartal» - turli oliy öquv yurtlarida turli bilimlarni olgan odamlar. Bular şifokor, bular iqtisodçilar, bular yuristlar va bular hisobçilar», degan u.
Şu intervyusida Bakanov özini parlamentning keyingi tarkibida körmasligini va kelajakda qonunçilikka qat'iy rioya qilinadigan tizimda işlaş niyatidaligini aytib ötgan va boş prokuror bölişga qarşi emasligini bildirgan.
Ivan Bakanovning UXX boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlanişi taşkilotni amalda aynan u boşqarişini anglatadi - Poroşenko prezidentligi davrida Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari bölgan Yuriy Gritsak iste'foga çiqişini ma'lum qilib böldi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi