JPKda voyaga yetmagan guvohlarni yoki jabrlanuvçilarni söroq qiliş tartibiga aniqlik kiritildi, şuningdek tanib oliş jarayonining xavfsizligi kafolatlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Ular hali bola-ku…
Jinsiy erkinlikka qarşi (JKning 118–121-moddalari), 18 yoşga tölmagan şaxslar savdosiga oid (JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi) jinoyat işlari böyiça voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvçini söroq qiliş, şuningdek boşqa holatlarda söroq qiliş, agar buni odil sudlovning yoki voyaga yetmagan şaxsning manfaatlari talab etsa, stenografiya, videokuzatuv, şuningdek audio- va video qayd etiş tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonada ötkazilişi mumkin.
Bunda ularning qonuniy vakillari, pedagog yoki psixolog iştirok etadi, ular himoyaçi bilan bir qatorda savollarni suriştiruvçining, tergovçining, prokurorning yoki sudning ruxsati bilan qayta tuziş huquqiga ega, bunda ularning mohiyati özgartirilmaydi.
Söroqni maxsus xonalarda ötkaziş, şuningdek audio- va video qayd etiş tartibi suriştiruvçi, tergovçi, prokuror va sud tomonidan belgilanadi. Söroq qiliş stenografiyasi, körsatuvlarning audio- va videoyozuvlari bayonnomaga ilova qilinadi.
Xavotir olmang, ular sizni körişmayapti
Jinoyat işi böyiça iş yuritiş doirasida tanib oliş qoidalariga ham özgartirişlar kiritildi. Qonun çiqaruvçi avvalboşdan tanib olinuvçining xavfsizligini ta'minlagan. Tergov harakatida şaxsning özi hozir bölmay, uning fotosuratidan foydalanilişi mumkin. Biroq uşbu tergov harakati doirasida barça iştirokçilarning xavfsizligi kafolatlanişi zarur.
Şu sababli endi Qonunda şaxsni tanib oliş uçun körsatiş tanib olinuvçining tanib oluvçini körib turişi istisno etiladigan şaroitlarda ötkazilişi nazarda tutilgan. Bu holda xolislar tanib oluvçi turgan joyda böladi. Bu suriştiruvçi, tergovçi, prokuror yoki sudning qaroriga köra amalga oşirilişi mumkin. Tanib oliş körsatilgan tartibda ötkazilgan bölsa, bayonnomaga bu haqda tegişli yozuv kiritiladi.
Qonun 24.05.2019 yildan kuçga kirdi.

















