Yerto‘ladagi chaqaloq ovozi. Samarqanddagi «Baxtli hayot»ning baxsiz bolalari
Bugun, 25 may kuni tahririyatga Samarqand shahar «Baxtli hayot» mahallasida joylashgan 1-ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar murojaat qilishdi. Uyning birinchi qavatida yashovchi Malika Kamolova quyidagi holatni so‘zlab berdi:
«Kecha, 24 may kuni uyga kirayotib yerto‘ladan kelayotgan chaqaloq ovozini eshitib qoldim. Tushib ko‘rsam, u yerda qo‘shnim Dilorom Rizaqulova va uning ikki nafar farzandlari. Surishtirib bildimki, ular bir necha kundan buyon yerto‘lada yashab yurgan ekan.
O‘zi ham, farzandlari ham nogiron bo‘lgan bu ayolga davlat tomonidan imtiyozli uy berilgan edi. Turmush o‘rtog‘i va qaynonasi uni uydan haydab yuborishgan ekan».
M.Kamolovaning hikoyasi tugar tugamas, xuddi shu mahallada yashovchi yana bir fuqaro Shahboz Halimov kirib keldi: «Iltimos, yordam bermasak bo‘lmaydi. Bir nogiron ayolni yosh bolalari bilan ko‘chada qoldirishgan, pod'yezdda yashab yuribdi».
Dilorom Rizaqulovaning aytishicha, eri uydagi janjallar sabab xotinini haydab chiqargan va hokimiyat nogiron oila uchun bergan uyni hokimiyatga qaytarib bergan. Rizaqulova viloyat hokimi Erkin Turdimov imtiyozli uyning boshlang‘ich to‘lovi uchun 10 million so‘m oilaga berganini minnatdorchilik bilan aytdi. Lekin ma'lum bo‘lishicha, uning eri-ko‘zi ojizligi uchun 1-guruh nogironi hisoblangan Parviz Xayriyev pulni olib ketgan.
Rizaqulova ikki nafar bolasi bilan (ulardan biri nogiron) qo‘shnisi Malika Kamolovaning uyida yashab yuribdi. «Osh-ovqatim ham qo‘shnilarim hisobidan bo‘lib qoldi. Isitmalab yotgan bolalarimni singlimnikiga tashlab keldim. Urush-janjallar sabab bolalarning ahvoli yomonlashdi»,- deydi Rizaqulova. Ayolning qo‘shnilari uning davolanishiga, bolalarining ham davolanishiga yordam berishlarini aytishmoqda.
Mahalladagi odamlarning qo‘shnilariga nisbatan befarq bo‘lmagani quvonarli holat. Ko‘chada qolgan ayolning qo‘shnilari bu ayolga yordam berish uchun tegishli idoralarga murojaat qilishganini aytishdi. Bir narsa odamni o‘ylantiradi: erkak uyni qaytarib bermoqchi ekan nega uyni qaytib oladiganlar bu oiladagi ahvol bilan qiziqishmagan? Uy oilaning erkagiga kerak bo‘lmasa, uni ikki nafar nogiron bolasi bilan ko‘chada qolgan ayolning nomiga o‘tkazib berishning imkoni yo‘qmidi? Xullas, tushunarsiz holatlar.
Mutasaddilar holatni o‘rganib chiqishni va'da bermoqda. Umid qilamiz, yerto‘lada yashashga majbur bo‘lgan nogiron ayol va uning nogiron bolalariga yordam beriladi...
O‘tkir Jalolxonov
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

18:50 / 05.04.2025