Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Zelenskiy o‘zi boshlovchi bo‘lgan shouda qatnashib, sahnaga chiqib ketdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda «Liga smexa» kulgu shousida qatnashdi. Shouni tomosha qilish uchun borgan Zelenskiy sahnaga chiqib ketdi va o‘zi avval boshlovchilik qilgan dasturda chiqish qildi.
«Xayrli kech, sizlarni yaxshi ko‘raman»,- dedi Zelenskiy yig‘ilganlarga qarata. Ukraina prezidenti sahnada raqsga tushib, shoudagi yangi boshlovchining boshidan o‘pishga ham ulgurdi. Shundan keyin Zelenskiy zalga qaytib, birinchi qatorda rafiqasi bilan chiqishlarni tomosha qildi.
Internetning rus segmentida Zelenskiyning bu chiqishi istehzo bilan kutib olindi. Foydalanuvchilardan biri Ukraina prezidentining bu ishiga shunday baho bergan: «Yangi vazirlar mahkamasiga vakillar tanlash uchun o‘tkazilayotgan kasting. Jyurilar rahbari - shaxsan mamlakat prezidentining o‘zi».
Kasting ministrov v novyy kabmin Ukrainy.
— Yuliya Vityazeva (@Vityzeva) May 25, 2019
Predsedatel jyuri - lichno prezident strany Zelenskiy, kotoryy prinyal uchastiye v s'yemkax yumoristicheskoy programmy «Liga smexa» v Kiyeve, gde stanseval vmeste s uchastnikami shou😝 pic.twitter.com/ySQelZcvzR
Zelensiy prezidentlikka kelishdan avval Ukrainaning eng mashhur shoumenlaridan biri bo‘lgan. O‘zining o‘tmishidan faxrlanishini aytadigan Zelenskiy saylovlardan so‘ng barcha mualliflik loyihalaridan chiqishini va butun e'tiborini siyosatga qaratishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026