Xalq deputatlari Paxtaçi tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov iştirok etdi va tumanda olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy holatga tanqidiy baho berdi.
Sessiyada taşkiliy masala körilgan. Şu vaqtga qadar tuman hokimi bölgan Vohid Sanaquloviç Rahimov lavozimidan ozod etildi. 2018 yil fevral oyidan buyon Samarqand viloyat davlat moliyaviy nazorati boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelgan Muzaffar Yazdonkuloviç Hamdamov Paxtaçi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Muzaffar Hamdamov 1980 yil Samarqand tumanida tuğilgan bölib, avval viloyatda moliya va iqtisod sohasida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 2017-2018 yillarda viloyat ğaznaçilik boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
Vohid Rahimov Paxtaçi tumani hokimi vazifasida 2017 yil 19 avgustdan işlab kelayotgandi.













