Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi bayramga iqtidorli öquvçilar örniga amaldorlarning qarindoşlari yuborilgani bilan boğliq holat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilib, Samarqand viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi rahbari Muzaffar Hamdamov lavozimidan ozod etildi. Bu ma’lumotni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Kun.uz’ga tasdiqladi.
Tekşiruv davomida mas’ullar «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi va «Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi qonunlar, şuningdek, davlat xizmatçilari odob-axloqi qoidalari talablariga zid harakat qilgani, qator qöpol xato va kamçiliklarga yöl qöygani aniqlangan.
Şuningdek, boşqarma boşliği örinbosari A.B., buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari şu’basi yetakçi mutaxassisi O.M., pedagoglarning bilim va malakalarini baholaşni taşkil etiş şu’basi boş metodisti O.M., öquvçilar bilimini baholaş va tahlil qiliş şu’basi boşliği G. S., öquvçilar bilimini baholaş va tahlil qiliş şu’basi metodisti I.X.ga nisbatan intizomiy jazo çoralarini qöllaş böyiça vazirlikka taklif kiritilgan.
Masala vazirlikning Odob-axloq komissiyasida muhokama qilinib, bunday holatlarning oldini oliş çoralari belgilangan.
Ma’lumot uçun, Muzaffar Hamdamov 2019 yildan Paxtaçi tumani hokimi lavozimida işlagan, 2025 yil fevralida Samarqand viloyati MMTB boşliği lavozimiga ötkazilgandi.
Eslatib ötamiz, 2025 yil iyun oyida Sankt-Peterburgdagi «Alvon yelkanlar» nomli bayramga («Alyye parusa») Samarqand viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasining ayrim mansabdor şaxslari a’loçi öquvçilar örniga öz farzandi, jiyani va yaqinlarini yuborgani aniqlangandi.
Şundan söng Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi holat yuzasidan tekşiruv boşladi.
Örganişlar natijasida xorij safari uçun mahalliy budjetdan ajratilgan 95 mln söm mablağdan bir qismi – 28 mln söm uç nafar öquvçining ota-onasi tomonidan budjetga qaytarilgani ma’lum qilingan, şuningdek, vazirlikka taniş-bilişçilikka yöl qöygan rasmiylarni işdan böşatiş haqida taqdimnoma ham kiritilgandi













