Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining ta'lim tizimlari hamkorligi doirasida Miftaxetdin Akmulla nomidagi Boşqird davlat pedagogika universiteti rektori Sagitov Salavat Talgatoviç rahbarligidagi delegatsiya Qöqon davlat pedagogika institutiga taşrif buyurdi.

Taşrif doirasida ikki oliy ta'lim muassasalari örtasida imzolangan Memorandumga asosan qöşma ta'lim dasturi asosida taşkil etilayotgan Rus tili va adabiyoti hamda Defektologiya (Logopediya) ta'lim yönalişlari böyiça istiqbolli rejalar, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot işlari, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvi muhokama etilib, şartnoma va qöşimça kelişuv Dasturlari imzolandi. Muzokaralar davomida Boşqird davlat pedagogika universiteti Boşqird filologiyasi fakulteti talabalari uçun “Özbek tili va adabiyoti” fanini öqitişni yölga qöyiş, 2020-2021 öquv yilidan boşlab Boşqird davlat pedagogika universitetida Qöqon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda qöşma fakultetni taşkil etiş muhokama etildi.

Şundan söng delegatsiya a'zolari institutda professor-öqituvçilar hamda talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati yuritişlari, tajriba orttirişlari va ta'lim olişlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdilar hamda Qöqon davlat pedagogika institutida qöşma ta'lim dasturi doirasida taşkil etilgan tayyorlov kursi tinglovçilari bilan suhbatlaşdilar.

Şu örinda aytib ötiş joizki, Qöqon davlat pedagogika instituti va Boşqird davlat pedagogika universiteti örtasida 2018 yilda imzolangan Memorandumga asosan qöşma ta'lim dasturi asosida taşkil etilayotgan Rus tili va adabiyoti hamda Defektologiya (Logopediya) ta'lim yönalişlariga 2019-2020 öquv yilidan abituriyentlar hujjat topşirişlari mumkin. Hozirgi kunda uşbu ta'lim yönalişlari böyiça tayyorlov kurslari faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilning 21 may kunidan boşlab bir hafta davomida talaba almaşinuvi dasturi doirasida Qirğiziston Respublikasi Qirğiz-özbek universiteti Maktabgaça ta'lim kafedrasi mudiri Qodirova Maqaddam Sayramovna boşçiligida Tarix-filologiya fakultetining 10 nafar talabalari Qöqon davlat pedagogika institutida öquv maşğulotlarida iştirok etayotganligi ham sohada olib borilayotgan işlarning uzviy davomidir.