Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalarni tugatish;
davlat organlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini joriy etish orqali tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar va tartib-taomillarni qisqartirish;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e'tiboran bir yil ichida ustav fondi ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibini bekor qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
2020 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:
a) tadbirkorlik sub'yektlari – yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda:
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e'lonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli ma'lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;
vakolatli davlat organlaridan korxona to‘g‘risidagi mavjud ma'lumotlar olish Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;
korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak;

















